- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
2025-yil 9-yanvar kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialida "Talabalar xavfsizligi kuni" doirasida profilaktik tadbirlar tashkil qilindi. Tadbir filialning profilaktika katta inspektori O‘.Xaliqov boshchiligida o‘tkazilib, talabalarning xavfsizligi, ularning huquqiy ongi va vatanparvarlik ruhini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratildi.
O‘.Xaliqov tomonidan talabalarning darslarda o‘z vaqtida ishtirok etishi va o'tkir tig'li vositalardan foydalanmaslik masalalari bo‘yicha nazorat tadbirlari olib borildi. Shuningdek, uchrashuv davomida huquqiy va profilaktik suhbatlar tashkil qilinib, respublikada davom etayotgan "Vatanparvarlik oyligi" (15-dekabrdan 15-yanvargacha) doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida talabalarga ma’lumot berildi. Uchrashuvda talabalarni Vataniga sodiq, ma’nan yetuk shaxs sifatida tarbiyalash masalalari muhokama qilindi.
"Talabalar xavfsizligi kuni" doirasida Chilonzor tumani IIO FMB ATSJOOB inspektorlari kapitan O'.Ikromxo‘jayev, kapitan B.Tojiboyev, katta leytenant A.Yuldashev, Chilonzor tumani IIO FMB Terrorizmga Qarshi kurash b‘limi katta tezkor vakili mayor X.Qodirov hamda Chilonzor tumani hokimining diniy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha maslahatchisi N.Nurillayev ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi. Suhbatda talabalarni kiberjinoyatchilikka qarshi kurash, yot g‘oyalarga qarshi huquqiy ongni yuksaltirish masalalari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Kapitan O'.Ikromxo‘jayev so‘zga chiqib, bugungi kunda kiberjinoyatlar soni ortib borayotgani va talabalarning 62% qismi firibgarlar tuzog‘iga tushayotganini ta’kidlab, bunday xavflardan saqlanish usullari haqida batafsil ma’lumot berdi. Mayor X.Qodirov esa ekstremizm va terrorizm g‘oyalari bilan bog‘liq noqonuniy materiallardan foydalanishning huquqiy oqibatlari haqida tushuntirish berdi.
Chilonzor tumani hokimining diniy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha maslahatchisi N.Nurillayev esa noto‘g‘ri talqin qilinayotgan masalalar yuzasidan ma’ruza qilib, talabalarni xolis axborot olishga va ehtiyotkorlikka chorladi.
Tadbir so‘ngida talabalar tomonidan mavzular yuzasidan savollar berildi va mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar taqdim etildi. Mazkur tadbir talabalar huquqiy ongi va mas’uliyatini oshirish, ularning xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi.


Matbuot xizmati.