- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
Yoshlar masalalari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o‘rinbosari O.Sulaymanbekov tomonidan “Filial professor-o‘qituvchilari va talabalarining ma'naviy savodxonligini oshirish” mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli topshirig‘i asosida qishki ta’til davrida Filialda ta’lim sifati va samaradorligini oshirish maqsadida o‘tkazildi. Seminar davomida O.Sulaymanbekov Filial professor-o‘qituvchilari o‘rtasida odob-axloq kodeksi normalariga qat'iy rioya qilish zarurligini ta'kidladi. Shuningdek, kafedralardagi ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni yanada jonlantirish, ma'naviyat burchaklarini tashkil etish, va sport tadbirlarini ko‘paytirish masalalari muhokama qilindi. Talabalarni darsdan bo‘sh vaqtlarida madaniyat va san’at muassasalariga, jumladan, muzey va teatrlarga tashriflarini oshirish takliflari ham ilgari surildi.
O‘quv seminari yakunida ochiq muloqot o‘tkazilib, professor-o‘qituvchilarning qo‘shimcha fikr va takliflari tinglandi. Bunda Iqtisodiyot, buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi mudiri Ch.Kulmatov professor-o‘qituvchilarning kiyinish madaniyatiga e'tibor qaratishlari kerakligini ta’kidlagan bo‘lsa, Biotexnologiya, ekologiya va o‘rmonchilik kafedrasi mudiri L.Kamolov esa Filial professor-o‘qituvchilari va xodimlari o‘rtasida sport musobaqalarini tashkil etish bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi.


Matbuot xizmati.