Filialda ilmiy va innovatsion rivojlanishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

Filialda ilmiy va innovatsion rivojlanishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

    2025-yil 4-yanvar kuni Filialda kafedra mudirlari va professor-o‘qituvchilar uchun ilmiy va innovatsion ishlanmalarni joriy etish istiqbollari, dolzarb muammolar va ularning yechimlariga bag‘ishlangan o‘quv seminari tashkil etildi.
  Seminarda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sh.Doniyorov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-martdagi “Veterinariya va chorvachilik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-187-son va “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi “Ilmiy va innovasion faoliyatni boshqarish tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 545-son qarori, 2017-yil 22-maydagi “Oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 304-sonli qarori va Oliy va oʻrta maxsus  ta’lim vazirining 2019-yil 26-iyundagi 572-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Doktorantlar maktabi toʻgʻrisida Nizom” ijrosini ta’minlash yuzasidan Filialda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, bajarilayotgan davlat ilmiy-texnika dasturlari va xoʻjalik shartnomalari haqida ma'lumot berdi.
  Tadbir davomida professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini oshirish, ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini kuchaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
     Seminarning ikkinchi qismida Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash bo‘limi boshlig‘i A. Borasulov tomonidan professor-o‘qituvchilarga Google Scholar platformasidan ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha amaliy tushunchalar berildi.

Matbuot xizmati.

  

 

 


Foydali manzillar