- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli topshirig‘i asosida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialida qishki ta’til davrida ta’lim sifati va samaradorligini oshirish maqsadida turli yo‘nalishlarda o‘quv seminarlari tashkil etilmoqda.
Joriy yilning 6-yanvar kuni Filial psixologi Nargiza Norova tomonidan "Professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasidagi muomala madaniyatida psixologik yondashuv" mavzusida navbatdagi seminar-trening o‘tkazildi.

Seminar davomida muomala madaniyatini shakllantirishda psixologik yondashuvlar va texnikalar keng qo‘llanildi. Xususan, "Musiqiy terapiya", "Art terapiya" singari mashxur psixologik mashg‘ulotlar qo‘llanildi. "Faol tinglash" texnikasi – talaba va o‘qituvchi o‘rtasidagi samarali muloqotni ta’minlash, tinglash ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam berdi. Stressni boshqarish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda professor-o‘qituvchilarga murakkab vaziyatlarda muvozanatni saqlash va talabalar bilan ijobiy aloqani davom ettirish bo‘yicha yo‘l-yo‘riq ko‘rsatildi. Seminarda ishtirok etish mobaynida professor-o‘qituvchilar talabalarga individual yondashuvni kuchaytirish, ularning ruhiy holatini tushunish va bilim olishga qiziqishini oshirish borasida yangi metodik bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar. Tadbir yakunida seminarda faol ishtirok etgan professor-o‘qituvchilarga N.Norova tomonidan psixologiya va muomila madaniyatini yuksaltirishga doir ilmiy va badiiy kitoblar ulashildi.
Matbuot xizmati.