- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialida joriy yilning 24-dekabr kunida professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirokida yangi yil bayrami munosabati bilan bayram dasturi o‘tkazildi.
Bayram dasturining ochilish qismida doira va dutor hamohangligida o‘zbek milliy musiqalari ijro qilindi. Shundan so‘ngdan so‘ng professor-o‘qituvchi va talabalarni bayram bilan tabriklash hamda Filialda 2024-yilda amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilish maqsadida boshlovchilar tomonidan Filial direktori v.v.b. G‘.Eshmatov sahnaga taklif qilindi. G‘.Eshmatov nutqi davomida 2024-yil Filial hayotida alohida o‘rin tutgani, qo‘lga kiritilgan yutuqlar va amalga oshirilgan ijobiy ishlar Filial jamoasining muvaffaqiyati ekanligini ta'kidlab o‘tdi. Shu bilan birga Filialda ta'lim sifatini oshirish, o‘quv va ilmiy faoliyatlarni yuksaltirish, talabalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ma'naviy-ma'rifiy va huquqiy-profilaktik, korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishlarida yil davomida amalga oshirilgan ishlarning ahamiyati haqida fikrlar bildirildi. Filial direktori v.v.b. G‘.Eshmatov bayram dasturida ishtirok etayotgan barcha professor-o‘qituvchi va talabalarga hamda ularning oilalariga sihat-salomatlik, baxt va farovonlik tilagan holda kirib kelayotgan yangi yil bayrami bilan tabrikladi.

Shundan so‘ng Filial direktori v.v.b. G‘.Eshmatov yaqindagina Prezident va Islom Karimov, Beruniy nomidagi davlat stipendiyalariga sazovor bo‘lgan talabalar qo‘lga kiritilgan yutuqlari bilan tabrikladi. Prezident va Islom Karimov, Beruniy nomidagi davlat stipendiyalariga sazovor bo‘lgan talabalarga "Tashakkurnoma"lar taqdim qilindi. Shu bilan birga 2024-2025-o‘quv yilining birinchi yarim yilligida oliygohda va respublika miqyosida o‘tkazilgan ilmiy, ma’rifiy va sport musobaqalarida faol ishtirok etib, yuqori o‘rinlarni egallagani, o‘quv jarayonlarida yuqori natijalar ko‘rsatib, bilim olishdagi yuksak intilishi, intellektual va ijodiy qobiliyatlarini namoyon etgani uchun 22 nafar talabalarning ota-onalariga ham Filial rahbariyati nomidan "Tashakkurnoma"lar taqdim qilindi. "Tashakkurnoma"larni talabalarga Yoshlar masalalari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari O.Sulaymanbekov topshirdi.

Bayram dasturining rasmiy qismi yakunlanib, boshlovchilar tomonidan dasturning badiiy qismiga navbat berildi. Filialning iqtidorli va iste'dodli talabalari tomonidan tayyorlangan kayfiyat ko‘taruvchi sahna chiqishlari, bayramona qo‘shiq va raqslar ijro qilindi. Bayram dasturiga yig‘ilgan mehmonlar ishtirokida qiziqarli o‘yinlar o‘tkazildi. Bayram dasturiga talabalarning yangi yil bayramiga bag‘ishlab jonli ijro qilgan qo‘shiqlari yakun yasadi. Bir so‘z bilan aytganda, talabalar tomonidan bayramona dastur professor-o‘qitucvhilar va talabalarning qalbiga haqiqiy bayram kayfiyatini ulashdi.


Matbuot xizmati.