"Eng yaxshi insholar tanlovi"

"Eng yaxshi insholar tanlovi"

Hurmatli talabalar!

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali barcha talabalari o‘rtasida “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi!” mavzusida “Eng yaxshi insholar tanlovi” tashkil etilmoqda.

Mazkur tanlov Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi hamda O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi bilan hamkorlikda o‘tkaziladi.

Tanlov kuni va vaqti:
8-noyabr 2024-yil
soat 14:00
111-ma’ruzalar zali (Filialning bosh binosi)

Tanlovda barcha talabalar o‘z ijodiy qobiliyatlarini namoyish etib, korrupsiyaga qarshi o‘z qarashlarini bayon etishlari mumkin. Tanlov g‘oliblari qimmatbaho sovg‘alar va diplomlar bilan taqdirlanadi.

Ijodiy ishlaringizni taqdim eting va g‘olib bo‘lish imkoniyatini qo‘lga kiriting!

Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashaylik!
Qo‘shimcha ma’lumot uchun murojaat:
Telefon: (+998) 95 788-77-70

Matbuot kotibi: A.Ergashev


Foydali manzillar