"Eng yaxshi rasmlar tanlovi"

"Eng yaxshi rasmlar tanlovi"

Hurmatli Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali talabalari!
Sizni ijodiy ishlar tanlovida ishtirok etishga taklif qilamiz!
Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens nazorat tizimi"ni boshqarish bo‘limi "Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi!" mavzusida o‘tkaziladigan "Eng  yaxshi rasmlar" tanlovining Filial bosqichiga start beradi.

Tanlovning maqsadi - yoshlarning korrupsiya holatlariga qarshi bilim va malakalarini oshirish hamda oliy ta'lim muassasalarida korrupsion holatlarni oldini olishdan iborat.

Tanlovga taqdim etiladigan ijodiy ishlar Hakamlar hay'ati tomonidan quyidagi mezonlarda baholanadi:
tanlov mavzusining mazmun-mohiyati to‘laqonli ochib berilganligi;
ranglarning aniq tanlanganligi va mutanosibligi
ijodiy ishning kompozitsion joylashtirilish mahorati;
ijodiy ishdagi texnika mahorati (ranglar bilan ishlash, yorug‘lik va soyalarni ishlash mahorati);
kompozitsiyaning ishlanish mahorati va g‘oyaning tugallanganlik darajasi;
yangicha yondashuvlar, mustaqil fikrlar va ijodkorlik xususiyatlari ifoda etilganligi;
rasmda hayotiy misollardan keng foydalanilganligi va mentalitetimizga mos manbalarning yoritilganligi.

Ijodiy ishlar joriy yilning 28-noyabr kuniga qadar (shu kuni ham) Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens nazorat tizimi"ni boshqarish bo‘limi tomonidan qabul qilinadi.
Tanlovga taqdim etiladigan rasm (rangli yoki oq qora, devorga osiladigan targ'ibot matni yoki rasmi tushirilgan surat)lar Al hajmda, ko'rinishi va matni yaxlit, diqqatni tortadigan, axborot, reklama, targ'ibot-tashviqot va uslubiy-metodik o'quv jarayonini o'z ichiga qamrab olgan bo'lishi kerak. Rasmlar qo'lda chizilgan, fotosurat, banner yoki bosma ko'rinishida qabul qilinadi. Rasmni tayyorlashda turli innovatsion-amaliy uslublardan foydalanish mumkin. Rasm mavzulari: axborot, reklama, targ'ibot va tashviqot, uslubiy-metodik o'quv jarayonini o'z ichiga qamrab oladi.

Ko‘rik-tanlovning Filial bosqichi g‘oliblari 1-2-3-darajali diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. Shuningdek, Filial g‘oliblarining ijodiy ishlari respublika bosqichida ishtirok etish uchun taqdim etiladi.
Respublika bosqichi g‘oliblari esa quyidagi tartibda taqdirlanadi:
1-o‘rin uchun – 6 000 000 so‘m;
2-o‘rin uchun – 5 000 000 so‘m;
3-o‘rin uchun – 4 000 000 so‘m.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun murojaat:
Telefon: (+998) 95 788-77-70
O‘z ijodiy ishlaringiz bilan tanlovda qatnashing va g‘olib bo‘ling!
"Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi!" mavzusidagi "Eng yaxshi rasmlar" respublika ko‘rik-tanlovining
NIZOMI

Matbuot kotibi: A.Ergashev
https://t.me/SamDVMCHBU_Toshkent


Foydali manzillar