Diqqat tanlov!

Diqqat tanlov!

Hurmatli talabalar!
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali sizning ijodiy imkoniyatlaringizni namoyon etishingiz va yangi yutuqlarga erishishingiz uchun ajoyib imkoniyat yaratmoqda!
Filialimizda talabalar o‘rtasida "Korrupsiyadan holi ta'lim muassasasi" mavzusidagi "Eng yaxshi videoroliklar" respublika ko‘rik-tanlovining Filial bosqichiga start berildi. Ijodiy ishlaringizni joriy yilning 28-noyabrgacha (shu kuni ham) Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens-nazorat" tizimini boshqarish bo‘limiga taqdim eting va g‘oliblikni qo‘lga kiriting!

Tanlov shartlari:
Videorolik yoki ijodiy loyiha 3 daqiqadan oshmasligi lozim.
Ishingiz yuqori sifatda MPEG-4 formatida (720p yoki undan yuqori formatda) bo‘lishi kerak.
Ko‘rik-tanlovning Filial bosqichi g‘oliblari 1-2-3-darajali diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. Shuningdek, Filial g‘oliblarining ijodiy ishlari respublika bosqichida ishtirok etish uchun taqdim etiladi.
Respublika bosqichi g‘oliblari esa quyidagi tartibda taqdirlanadi:
1-o‘rin uchun – 6 000 000 so‘m;
2-o‘rin uchun – 5 000 000 so‘m;
3-o‘rin uchun – 4 000 000 so‘m.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun murojaat:
Telefon: (+998)
 95 788-77-70
O‘z ijodiy ishlaringiz bilan tanlovda qatnashing va g‘olib bo‘ling!
"Korrupsiyadan holi ta'lim muassasasi" mavzusidagi "Eng yaxshi videoroliklar" respublika ko‘rik-tanlovining NIZOMI


Matbuot kotibi: A.Ergashev

https://t.me/SamDVMCHBU_Toshkent


Foydali manzillar