Nukusdagi yashil maqsadlar: Yashil kelajak uchun birlashgan yurt farzandlari

Nukusdagi yashil maqsadlar: Yashil kelajak uchun birlashgan yurt farzandlari

Bugun, Nukus shahri O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida ulkan o‘zgarishlarning guvohi bo‘lmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-noyabrdagi PF-199-sonli Farmoniga binoan boshlangan “Yashil makon” umumilliy loyihasi doirasida ekologik barqarorlikni ta’minlash va mamlakatda yashil hududlarni kengaytirishga qaratilgan Umumrespublika marafoni nafaqat Nukus shahrida, balki, yurtimizning barcha hududlarida katta shodiyona va bayram kayfiyati bilan davom etmoqda. Marafonda respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalari ishtirok etib, jarayonda bevosita qatnashayotgan professor-o‘qituvchilar mazkur ezgu niyatlar bilan amalga oshirilayotgan yirik ziyolilar harakatini ekologik mas’uliyatni oshirishga xizmat qiladigan muhim tashabbus sifatida e’tirof etishmoqda.

Shu bilan birga, bugun Nukus shahrida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi ham bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilishda vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipov raisligida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mutasaddilari, hududiy boshqarmalari rahbarlari, respublika oliy ta’lim muassasalari rektorlari va direktorlari ishtirok etishdi. Mazkur yig‘ilishda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali direktori Tursagatov Jahongir Mamatovich ham bevosita ishtirok etdi.

Kecha Nukus shahriga yetib kelgan Filial jamoasi ham ushbu tadbirlarning faol ishtirokchilari qatorida bo‘ldi. Filial direktori Tursagatov Jahongir Mamatovich boshchiligida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sh.Doniyorov, Iqtisodiyot fakulteti dekani N.Utapov hamda faol talabalar “Ziyolilar bog‘i” loyihasida Filial uchun ajratilgan yer maydonida daraxt ko‘chatlarini ekish marosimida qatnashishdi.

“Yashil makon” loyihasi doirasidagi Umumrespublika marafonida ishtirok etish orqali Filial jamoasi Yangi O‘zbekistonning ekologik barqarorligini ta'minlash va yashil hududlarni kengaytirish yo‘lida yurtimiz ravnaqiga munosib hissalarini qo‘shdilar. Nukusda o‘tkazilgan mazkur tadbir jamiyatni yangicha yuksalish sari yetaklovchi muhim qadam sifatida har bir ishtirokchining qalblariga tabiatni sevish, himoya qilish va ekologik barqarorlikni asrashga undovchi mushtarak g‘oyalarni yoydi.

Matbuot kotibi: A.Ergashev


Foydali manzillar