- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialida 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab, har oy kafedralarga bag‘ishlangan “Kafedra oyligi” tadbirlari o‘tkazilmoqda. Ushbu loyiha doirasida kafedralar tomonidan alohida o‘quv, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilib, talabalar bilan yaqin hamkorlikda ishlash, ularga darslardan tashqari vaqtlarida qiziqarli seminarlar, ochiq muloqotlar va master-klasslar o‘tkazish rejalashtirilgan. “Kafedra oyligi” tadbirlarining asosiy maqsadi - talabalarning bilimini boyitish va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga ko‘maklashishdan iborat.

Noyabr oyida Tabiiy-ilmiy, gumanitar fanlar va jismoniy madaniyat kafedrasi tomonidan “Kafedra oyligi” doirasidagi tadbirlar tashkil etilmoqda. Mazkur oylik doirasida kafedra tomonidan puxta tayyorgarlik ko‘rilib, talabalar va Filial jamoasi uchun o‘quv dasturlariga mos ravishda ko‘rgazmalar, mahorat darslari va qator tadbirlar o‘tkazilmoqda. Xususan, Filialning Zangiota tumanida joylashgan o‘quv binosida kafedra tomonidan keng qamrovli ko‘rgazma tashkil qilindi.
Joriy yilning 6-noyabr kuni Filial direktori Tursagatov Jahongir Mamatovich ushbu ko‘rgazmalar bilan tanishib, kafedra tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Jarayon davomida Tabiiy-ilmiy, gumanitar fanlar va jismoniy madaniyat kafedrasi mudiri R.Ernazarov kafedra professor-o‘qituvchilari bilan birgalikda olib borilayotgan o‘quv va ilmiy tadbirlar haqida Filial direktoriga ma'lumot berdi. R.Ernazarov “Kafedra oyligi” davomida kafedraning har bir yo‘nalishi bo‘yicha ochiq muloqotlar va seminarlar rejalashtirilganini qayd etib, "Kafedra oyligi" davomida talabalarga zamonaviy pedagogika texnologiyalari asosida bilim berish va ularning kasbiy mahoratini oshirish maqsad qilinganiga urg‘u berdi.

Filial direktori Tursagatov Jahongir Mamatovich kafedra jamoasi bilan hamjihatlikda amalga oshirilgan ishlarni yuqori baholab, kafedra ushbu loyihadan unumli foydalangan holda o‘z faoliyatini yanada rivojlantirib borishi hamda Filialda ta’lim sifatini oshirishga o‘z hissasini qo‘shishi kerakligini ta'kidladi.
"- Bizning maqsadimiz – talabalarni malakali, raqobatbardosh mutaxassis qilib tayyorlash va bu orqali yurtimizning rivojlanishiga munosib hissa qo‘shishdir. Shu bois, har bir kafedra jamoasi talabalarni ilm-fan va ta’lim olamiga jalb qilish, eng yangi va zamonaviy bilimlarni yetkazish borasida doimiy izlanishda bo‘lishi kerak. Filialimizda o‘quv jarayonini yangi bosqichga olib chiqish, ta’lim sifatini oshirish va talabalarni qo‘llab-quvvatlash uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda. Hurmatli mas'ullar, Sizlarning o‘z ishingizga sadoqatingiz, ilmiy va ta’limiy faoliyatingiz tufayli bugungi kunda Filialimizda qator yutuqlarga erishmoqda. Har bir talabamizning ta’lim olish jarayonidagi muvaffaqiyatlari – bu Sizlarning mehnatingiz samarasidir." -dedi Filial direktori Tursagatov Jahongir Mamatovich.


Matbuot kotibi: A.Ergashev