- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
Bugun, 6-noyabr kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filialida Ma'rifat soati darsida jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish hamda gender tengligi masalalariga bag‘ishlangan muhim davra suhbati tashkil qilindi. Ushbu tadbir yoshlar orasida jinoyatchilikni oldini olish, korrupsiyaning salbiy oqibatlarini tushuntirish va gender tenglikni targ'ib qilish maqsadida o‘tkazildi.

Davra suhbatida Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Ch.Fayziyeva, profilaktika katta inspektori, podpolkovnik O‘.Xalikov, Texnologiyalar fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat dekan maslahatchisi Sh.Qodirova va Filial psixologi N.Norova ishtirok etdilar. Dastlab, davra suhbatida Ch.Fayziyeva so‘zga chiqdi. Ch.Fayziyeva o‘z nutqida korrupsiyaning kelib chiqishi, uning global miqyosdagi ijtimoiy va iqtisodiy salbiy oqibatlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida qabul qilingan qonun va qarorlar haqida ma’lumot berdi. Talabalar korrupsiyaning jamiyatga ta’siri va davlat miqyosida olib borilayotgan choralar haqida chuqur tushunchaga ega bo‘ldilar.
Shundan so‘ng profilaktika katta inspektori, podpolkovnik O‘.Xalikov jinoyatchilikning oldini olish, yoshlarni qonunlarga rioya qilishi hamda korrupsiyaviy jinoyatlar uchun JKda belgilangan qat'iy jazo choralari haqida ma'ruza qildi. O‘.Xalikov jinoyat kodeksida keltirilgan 205-210-211-moddalarha to‘xtalib, moddalarning mazmun-mohiyatini talabalarga tushuntirib, yoshlar orasida korrupsiyaga qarshi kurashning ahamiyati yuqoriligini qayd etdi.
Tadbirning ikkinchi qismida, shuningdek, gender tengligi va xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish masalalari bo‘yicha mas'ullar tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi.



Filial psixologi N.Norova esa talabalik davrining o‘ziga xos jihatlari, Filialning ichki tartib-qoidalari va talabalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar yuzasidan suhbat olib bordi. N.Norova talabalarni Filialda belgilangan axloq va odob qoidalariga rioya qilishga, shaxsiy intizom va mas’uliyatni kuchaytirishga chaqirib, talabalikning oltin davrligini, bu davrni o‘qish, izlanish va ustozlarning mehriga sazovor bo‘lish bilan o‘tkazish lozimligini ta'kidladi.
Davra suhbati davomida, shuningdek, o‘quv xonalarini toza saqlash va professor-o‘qituvchilar bilan muloqot jarayonida samimiylikka e'tibor berish masalalari ham ko‘tarildi. Mas’ullar talabalarni Filial odob-axloq kodeksiga amal qilishlari lozimligini yana bir bor eslatib o‘tishdi.


Ushbu tadbir talabalar o‘rtasida yuqori fuqarolik hissini uyg‘otish, jinoyatchilik va korrupsiyaga nisbatan salbiy munosabat shakllantirish hamda tenglik va o‘zaro hurmatni targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etdi. Mazkur davra suhbati talabalar uchun foydali bilim va tajriba manbai bo‘lib, ularning nafaqat jamiyatda, balki kelajakdagi professional faoliyatida ham korrupsiyaga qarshi kurash va gender tenglik masalalariga munosib yondashuv shakllantirishiga xizmat qildi.


Matbuot kotibi: A.Ergashev