Ertaga Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi

Ertaga Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi

2024-yil 24-25-oktabr kunlari Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filialida “Veterinariya ishini tashkil etish va veterinariya sanitariya ekspertizasi” kafedrasi tomonidan
“XALQARO OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI XAVFSIZLIGINI ILMIY NAZORAT QILISH VA DOLZARB VAZIFALARI” mavzusidagi XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA o‘tkaziladi.

Konferensiya ma'lumotlari:

O'tkaziladigan sana: 2024-yil 24-25-oktabr
Maqolalarni qabul qilish muddati: 2024-yil 20-oktabrgacha

Konferensiya o‘zbek, rus va ingliz tillarida maqolalarni qabul qiladi va an’anaviy (oflayn) hamda masofaviy (onlayn) shakllarda o'tkaziladi. Konferensiya natijalari nashr etilib, to‘plam universitet veb-saytiga joylashtiriladi va ishtirokchilarga elektron sertifikatlar topshiriladi.

Maqolalar qabul qilish va rasmiylashtirish talablari:

1. Maqola mazmuni dolzarb tadqiqot mavzusiga asoslangan bo‘lishi lozim.
2. Maqolaning maksimal hajmi: 5 bet.
3. Shrift: Times New Roman, 14-kegl, 1,5 qator oralig‘i, A4 format, barcha chekkalari 20 mm bo‘lishi kerak.
4. Maqolalar mazmuniga muallif javobgar hisoblanadi.
5. Maqolalar OAK ro‘yxatidagi "Veterinariya Meditsinasi" jurnalida chop etiladi.

Maqola quyidagi ketma-ketlikda rasmiylashtirilishi kerak:

Muallifning ismi, familiyasi, ilmiy darajasi, ish joyi va elektron pochta manzili.

Maqolaning sarlavhasi, annotatsiyasi va kalit so‘zlari (o‘zbek, rus va ingliz tillarida).

Maqola matni va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
Maqolalar G.Оtash_2012@mail.ru va vetsan001@gmail.com elektron pochtalariga yoki +998(99)-400-81-23 telegram raqamiga yuborilishi kerak.

Tashkiliy qo‘mita manzili:

Toshkent shahar, Chilonzor tumani, 20-mavze, 35a-uy.
Telefonlar: +998(91)-531-57-04; +998(99)-400-81-23; +998(99)-474-76-71


Foydali manzillar