“Besh tashabbus” olimpiadasi: Filial bosqichida stol tennis chempionligi bahslari qizg‘in kechdi

“Besh tashabbus” olimpiadasi: Filial bosqichida stol tennis chempionligi bahslari qizg‘in kechdi

Bugun 23-oktabr sanasida Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi tomonidan "Besh tashabbus" olimpiadasi doirasida navbatdagi stol tennis turi bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi. Dastlab qur'a tashlash marosimi o‘tkazildi. Unga ko‘ra 1-turda Texnologiyalar fakulteti va Veterinariya meditsinasi fakulteti talabalari bahsga kirishadigan bo‘ldi. 1-turda mag‘ulubiyatga uchragan ishtirokchi 2-turda Iqtisodiyot fakulteti nomidan ishtirok etayotgan talaba bilan o‘zaro kuch sinashadigan bo‘ldi. Ushbu bahs natijasidan qat'iy nazar Iqtisodiyot fakulteti talabasi 3-turda Texnologiyalar fakulteti talabasi bilan kuch sinashishi belgilan olindi.

Musobaqada har bir fakultetdan 1 nafardan talaba-yigit va qiz ishtirok etdi.

Veterinariya meditsinasi fakulteti:

Sultanova Nozima Nizomiddinovna;

Mamajonov Alisher Ismoiljon o'g'li.

Texnologiyalar fakulteti:

Anarbayeva Gulsara Dilshod qizi;

Ergashev Elyorbek Shuhratbek o'g'li.

Iqtisodiyot fakulteti:

Karimova Diyora Alisher qizi;
Abdunabiyev Oybek Abdusattarovich.

Talaba-qizlar o‘rtasidagi 1-turda N.Sulatonova va G.Anarbayeva o‘zaro kurashga kirishdilar. Qiziqarli va keskin o‘tgan bahsda G.Anarbayeva o‘z ustunligini ko‘rsatdi va partiyalarda 4-11, 11-8, 8-11.  natijalarini qayd etib  turni o‘z foydasiga hal qildi.

Keyingi 2-turda esa N.Sultanova D.Karimovaga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Bu shiddatli kechgan bahsda natijalar 11-1, 11-6 hisobida N.Sultonova g‘oliblikka erishdi.

3-turda D.Karimova va G.Anarbayeva o‘zaro bellashdilar. D.Karimova agarda ushbu bahsni o‘z foydasiga hal qilsa, unda g‘oliblik uchun yana imkoniyat paydo bo‘lardi. Biroq 1-turda g‘oliblikka erishgan G.Anarbayeva o‘z raqibini 11-4, 11-0 hisobida so‘zsiz taslim qildi.

Shu tariqa talaba-qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada quyidagicha ko‘rinish oldi:

1-o‘rin Anarbayeva Gulsara Dilshod qizi;

2-o‘rin Sultanova Nozima Nizomiddinovna;

3-o‘rin Karimova Diyora Alisher qizi.

Yigitlar o‘rtasida 1-tur bahslarini qur'a natijasiga binoan A.Mamajonov hamda E.Ergashevlar boshlab berdilar. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahsda A.Mamajonov raqibini partiyalarga ko‘ra 11-6 va 11-8, yakuniy 2-0 hisobida mag‘lub etdi. 2-turda E.Ergashev O.Abdunabiyevga qarshi kurashga kirishdi. Teng kurashlar ostida kechgan bahsda E.Ergashev 11-6, 11-9 hisobida raqibidan g‘oliblikni tortib oldi. 3-turda A.Mamajonov keyingi raqibi O.Abdunabiyevga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Partiyalarda 11-0 va 11-2 hisoblarida g‘alaba g‘ozonib chempionlikni naqdlashtirdi. 

Yigitlar o‘rtasida kechgan bahslar yakuni quyidagicha ko‘rinish oldi:

1-o‘rinni Mamajonov Alisher Ismoiljon o'g'li;

2-o‘rinni Ergashev Elyorbek Shuhratbek o'g'li;

3-o‘rinni Abdunabiyev Oybek Abdusattarovich. 

Musobaqa g‘olib va sovrindorlariga 1-2- va 3-darajali diplomlar topshirildi.

Matbuot kotibi: A.Ergashev


Foydali manzillar