- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
Bugun 22-oktabr kunida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialida Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi tomonidan "Besh tashabbus olimpiadasi"ning fakultetlararo Filial bosqichida voleybol musobaqasi o‘tkazildi. Avval voleybol musobaqasida qizlar jamoalari o‘zaro bellashdilar. Talaba-qizlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan bahlar yakuniga ko‘ra Veterinariya meditsinasi fakulteti jamoasi 1-o'rinni egalladi. 2-o'rin Texnologiyalar fakulteti jamoasiga, 3-o'rin esa Iqtisodiyot fakulteti talaba qizlariga nasib etdi.


Shundan so'ng yigitlar o'rtasida bellashuvlar davom etdi. Yakuniy natijalarga ko'ra, 1-o'rinni Veterinariya meditsinasi fakulteti jamoasi, 2-o'rinni Iqtisodiyot fakulteti jamoasi, 3-o'rinni Texnologiyalar fakulteti jamoasi egalladi. Talabalarni taqdirlash marosimiga Filial direktori Tursagatov Jahongir Mamatovich tashrif buyurib, talabalarni sport bilan doimiy shug'ullanishga, sog'lom turmush tarziga rioya qilishga targ‘ib qildi.
"Hurmatli talabalar, aziz jamoalar! Bugun Sizlar bilan mana shunday musobaqaning qiziqarli va yuksak darajada o'tkazilganligiga guvoh bo'ldik. Birinchi navbatda, barcha ishtirokchilarni tabriklayman! Sport musobaqalari doimo insonning jismoniy kuchini, irodasini charxlaydi va insonlarni birlashtiradi. Voleybol maydonida nafqat raqobatni ko‘rdik, balki, o‘zaro ahillik, birdamlik va kuchli do'stlikni ham guvohi bo'ldik. Shuni alohida ta'kidlamoqchiman: bugungi musobaqada hech kim mag'lub bo'lmadi. Sizning har biringiz g'olibsiz! Bu musobaqa – barchamizni birlashtirib, o'zaro hurmat va hamjihatlikni yana bir bor mustahkamladi. Bugungi natijalar shuni ko'rsatdi-ki, bizda kuchli sportchi talabalar va haqiqiy iste'dodlar mavjud ekan. Sport faqat jismoniy faoliyat emas, balki do'stlikni mustahkamlovchi va ahillikni oshiruvchi vositadir. Sizlar bugun maydonda ham raqib, ham do'st bo'ldingiz. Men barchangizni yana bir bor tabriklayman! Kelgusida katta musobaqalarda mana shunday birdamlik va jamoaviy ruh bilan qatnashib, Filialimiz bayrog'ini baland ko'tarishingizga ishonaman! Sizlarni sog'lom turmush tarzini davom ettirishga, muntazam sport bilan shug'ullanishga undayman va har biringizga kelgusi musobaqalarda ulkan zafarlar tilayman!
Shundan so‘ng musobaqada g'olib va sovrindorlarga 1-, 2- va 3-darajali diplomlar hamda musobaqa kuboklari topshirildi. "Besh muhim tashabbus olimpiadasi"ning Filial bosqichidagi boshqa sport turlari bo‘yicha musobaqalar davom etadi.








Matbuot kotibi: A.Ergashev