Talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida armrestling musobaqasi o‘tkazildi

Talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida armrestling musobaqasi o‘tkazildi

      Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialida talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali tashkil etish, ularni jismoniy barkamol qilib tarbiyalash va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda joriy yilning 11-oktabr kunida Tabiiy-ilmiy, gumanitar fanlar va jismoniy madaniyat kafedrasi assistenti R. Hamidullayev tomonidan Veterinariya meditsinasi fakulteti talabalari uchun armrestling bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.      

Mazkur musobaqa talabalarning jismoniy tayyorgarliklarini oshirish, ularni sportga bo‘lgan qiziqishlarini yanada rag‘batlantirish va bo‘sh vaqtlarini foydali o‘tkazish uchun imkoniyat yaratish maqsadida tashkil etildi. Darslardan keyin o‘tkazilgan ushbu musobaqa talabalarning jismoniy faolligini oshirish bilan birga, ularning o‘zaro do‘stlik va jamoaviy ruhini mustahkamlashga ham xizmat qildi.

Musobaqa davomida talabalar o‘z kuch va mahoratlarini sinovdan o‘tkazdilar. Ishtirokchilar armrestling sport turi bo‘yicha kuch va texnika talab etuvchi elementlarni mohirlik bilan qo‘llab, musobaqa jarayonida o‘zaro raqobat va jamoaviy ruhni namoyon etdilar. Tadbir talabalar uchun nafaqat sport bellashuvi, balki sog‘lom hayotga chorlovchi, qiziqarli va do‘stona muhit yaratish imkonini berdi.

Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra, eng kuchli ishtirokchilar aniqlandi. G‘oliblar orasida ko‘rsatilgan jismoniy chidamlilik va qat’iyat talabalarning sportga bo‘lgan yuksak qiziqishlari va sa’y-harakatlarini aks ettirdi.

R.Hamidullayevning ta'kidlashicha, bunday sport musobaqalari talabalarning sog‘lom turmush tarziga qiziqishini kuchaytirish va jismoniy faolliklarini oshirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, bunday tadbirlarni kelgusida ham muntazam ravishda o‘tkazib, talabalarning ma'naviy va jismoniy barkamolligini ta'minlashga katta hissa qo‘shish maqsad qilingan.

Matbuot kotibi: A.Ergashev
                   


Foydali manzillar