- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
11-oktabr Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Tashkent filialida "Sening tashabbusing – sening kelajaging uchun!" shiori ostida talaba-qizlar uchun maxsus davra suhbati tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi – qizlarni jamiyatda o‘z o‘rnini topishga, tashabbuskor bo‘lishga va kelajakka oid maqsadlarini aniq belgilashga rag‘batlantirishdir.
Davra suhbatini Filial Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raisi O‘.Qo‘ziboyeva, dekan maslahatchilari Z.Badalova va N.Ishanovalar olib bordilar. Tadbirda qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, tashabbuskorlikni rivojlantirish hamda ularning kelajakdagi muvaffaqiyatlari uchun muhim bo‘lgan bilim va ko'nikmalarni shakllantirishga qaratilgan qator mavzular muhokama qilindi.


Suhbat davomida ishtirokchilar zamonaviy jamiyatda qizlarning o‘rni, ularning huquq va imkoniyatlari, ta'lim olish va kasbiy yo'nalishda erishiladigan yutuqlar haqida keng fikr almashdilar. O‘.Qo‘ziboyeva o‘z nutqida qizlarni kelajakka qat'iy ishonch va maqsad bilan qarashga, bilim olish va o‘z ustida ishlash orqali muvaffaqiyatga erishish yo‘llari haqida gapirdi. N.Ishanova esa qizlarning tashabbuslari nafaqat ularning shaxsiy hayotiga, balki jamiyat rivojiga ham katta hissa qo‘shishini ta'kidladi.
Tadbir davomida qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va ularning tashabbuslari qanday qo‘llab-quvvatlanishi, ularni amalga oshirishda duch keladigan qiyinchiliklar va imkoniyatlar haqida fikr almashildi.
Davra suhbati yakunida ishtirokchilarga o‘z tashabbuslarini amalga oshirish uchun zarur motivatsiya va yo‘l-yo‘riqlar berildi, qizlarni yanada faol bo‘lishga undash maqsadida tavsiyalar berildi. Bu tadbir qizlarning kelajakka yanada ishonch bilan qarashlariga va tashabbuskorlik ruhini oshirishga xizmat qildi.


Matbuot xizmati: A.Ergashev