- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
Talabalik davri bilim olish, kasbiy ko‘nikmalarni egallash va shaxs sifatida shakllanishning eng muhim bosqichidir. Shu sababli, talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish nafaqat ularning jismoniy va ruhiy salomatligini mustahkamlashda, balki intellektual va ma’naviy kamolotini oshirishda ham muhim rol o‘ynaydi. Iqtisodiyot fakulteti tyutori M.Abdurayimova tomonidan fakultet talabalarini Oʻzbekistonning ma’naviy-ma’rifiy hayotida muhim oʻrin tutuvchi madaniy maskanlar bilan tanishtirish maqsadida Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi hamda O‘zbekiston yoshlar teatriga tashrifi tashkil etildi. Bu tadbir talabalarning milliy qadriyatlar va madaniy merosimizga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga xizmat qildi.


Muzeyga tashrif davomida talabalar buyuk o‘zbek mutafakkiri Alisher Navoiyning hayoti, ijodi va uning adabiy merosi bilan yaqindan tanishdilar. Muzey eksponatlari orqali Navoiyning asarlari, uning o‘zbek adabiyoti va madaniyatiga qo‘shgan ulkan hissasi talabalarda yuksak faxrlanish hissini kuchaytirdi. Muzey mutaxassislari tomonidan tashkil etilgan ma’ruzalarda talabalarga shoirning insonparvarlik va adolatga asoslangan g‘oyalari, ularning hozirgi davr uchun dolzarbligi haqida ma’lumot berildi. Shu bilan birga, talabalar tarixiy eksponatlar, noyob qo‘lyozmalar va san’at asarlariga alohida qiziqish bilan qaradilar.
Muzeyga bo‘lgan tashrifdan so‘ng talabalar O‘zbekiston yoshlar teatriga tashrif buyurdilar. Bu teatr yosh avlodni san’at orqali ma’rifatga yetaklash, ularning ma’naviy kamolotini oshirish maqsadida faoliyat olib boradi. Tashrif davomida talabalar teatr sahnasida qo‘yilgan “Oltin devor” spektaklini tomosha qilishdi. Ushbu asar milliy va zamonaviy teatr san’ati durdonalaridan biri bo‘lib, unda milliy qadriyatlar, oila muhiti va jamiyatning ma’naviy hayoti ko‘tarinki ruhda aks etadi. Spektakldan so‘ng, talabalar aktyorlar bilan ijodiy uchrashuvda ishtirok etib, ularning ijodi va sahna san’ati haqida suhbatlashdilar.
Muntazam ravishda o‘tkazib kelinayotgan bunday tashriflar talabalarning ma’naviy va madaniy bilimlarini boyitish, ularni ilmiy va ijodiy izlanishlarga undashda muhim qadam bo‘ldi. O‘zbekistonning boy madaniy merosi va zamonaviy teatr san’ati bilan tanishish talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish bilan birga ularning ijodiy tafakkurini kengaytirishga xizmat qilib, kelgusidagi intellektual va ma’naviy o‘sishlariga zamin yaratadi.


Matbuot kotibi: A.Ergashev