- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
Bugun Veterinariya meditsinasi hamda Iqtisodiyot fakulteti talabalari o'rtasida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida shaxmat va voleybol, stol tennis kabi sport turlari bo'yicha saralash bahslari o'tkazildi.
Saralash bahslari Tabiiy-ilmiy, gumanitar fanlar va jismoniy madaniyat kafedrasi o'qituvchilari K.To'laganov hamda R.Hamdullayevlar tomonidan odilona boshqarilib, sport etikasi qoidalariga qat'iy rioya qilingan holda tashkil qilindi. Fakultet bosqichida ishtirokchi talabalarning qamrovini oshirish maqsadida tyutorlar Sh.Asqarova hamda M.Abdurayimovalar tomonidan faol targ'ibot ishlari olib borilmoqda.
Aytish joizki, mazkur bahslar talabalarning katta qiziqish doirasida bo'ldi. Bellashuvlarda talabalar chaqqonlik, mahorat va iste'dodlarini yana bir bor sinovdan o'tkazib oldilar.
Bahslar yakunida g'olib bo'lgan talabalar tyutorlar tomonidan qayd qilib qo'yildi. Ushbu talabalar endilikda Filial bosqichida o'z fakulteti nomidan ishtirok etishadi.






Matbuot kotibi: A.Ergashev