- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovining fakultet bosqichi doirasida g‘olib deb topilgan nomzod talabalar o‘z hujjatlarini stipendiya.edu.uz elektron tizimiga yuklash jarayonini muvaffaqiyatli amalga oshirmoqdalar. Ushbu jarayon talabalar uchun mas'uliyatli bosqich bo‘lib, ular o‘z ilmiy yutuqlari va faoliyatlarini davlat miqyosida e'tirof etilishiga zamin yaratadi.



Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish sektori boshlig‘i N.Aminova talabalar bilan uchrashib, tanlovning ahamiyati va stipendiya uchun hujjat topshirish jarayonida diqqat qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar xususida batafsil tushuntirishlar berdi. Uchrashuv davomida talabalarga elektron tizim orqali hujjatlarni to‘g‘ri va mukammal yuklash, barcha zaruriy talablarga rioya qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Ushbu uchrashuvlar, avvalo, talabalar uchun stipendiya tanlovining muhim bosqichiga to‘g‘ri tayyorgarlik ko‘rishda katta yordam berdi. N.Aminova talabalar bilan individual tarzda ishlash jarayonida ularning ilmiy izlanishlari, erishgan yutuqlari va tanlovda muvaffaqiyatli ishtirok etish imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan qimmatli maslahatlar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovi talabalarning ilmiy salohiyatini oshirish, ularning ilmiy-tadqiqot faoliyatiga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantirish va yetuk kadrlar safini kengaytirishga qaratilgan yuksak maqsadlarni o‘z ichiga oladi. Shu ma'noda, Filialda g‘olib deb topilgan nomzodlar uchun ushbu jarayon nafaqat individual muvaffaqiyat, balki Filial jamoasi obro‘-e’tiborini yanada oshirishga xizmat qiladigan muhim qadam hisoblanadi.
Kelgusida talabalar mazkur stipendiyalar orqali ilmiy tadqiqotlarini yanada chuqurlashtirish va o‘z sohalarida yetakchi mutaxassis bo‘lish yo‘lida qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bo‘ladilar.
Matbuot kotibi: A.Ergashev