"Besh muhim tashshabbus" olimpiadasi fakultet bosqichida g‘oliblar aniqlanmoqda

"Besh muhim tashshabbus" olimpiadasi fakultet bosqichida g‘oliblar aniqlanmoqda

"Besh muhim tashabbus olimpiadasi"ning fakultet bosqichi Texnologiyalar fakulteti talabalari o‘rtasida ham qizg‘in va murosasiz kechmoqda. Shu kungacha Fakultet tyutori Y.Julbekova tomonidan sportning voleybol, stol tennis, shaxmat musobaqalari  na'munali tartibda tashkil etildi. Talabalar yuqori darajadagi sport tayyorgarligi va o‘zaro raqobat muhiti orqali bellashib, musobaqalarda faol ishtirok etishdi. Musobaqalarning sog‘lom raqobat ruhida va sport etikasiga qat'iy rioya etilgan holda o‘tkazilishini Tabiiy-ilmiy, gumanitar fanlat va jismoniy madaniyat kafedrasi o‘qituvchisi K.To‘laganov ta'minlab berdi.

Musobaqalar davomida talabalarning jamoaviy ishlash qobiliyatlari, liderlik sifatlari va sport madaniyatiga bo‘lgan yuksak munosabatlari namoyon bo‘lib bormoqda. Ayniqsa, shaxmat musobaqasi talabalarning analitik fikrlash va tezkor qaror qabul qilish qobiliyatlarini yuzaga chiqarib berdi.

"Besh tashabbus olimpiadasi"ning fakultet bosqichlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib g‘olib bo‘lgan talabalar Filial miqyosida o‘tkaziladigan final bosqichida qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritishadi. Ushbu bosqich Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi tomonidan kelgusi hafta davomida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Matbuot kotibi: A.Ergashev


Foydali manzillar