Besh muhim tashabbus olimpiadasi musobaqalarining fakultet bosqichisi davom etmoqda

Besh muhim tashabbus olimpiadasi musobaqalarining fakultet bosqichisi davom etmoqda

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida fakultet bosqichi musobaqalari qizg‘in davom etmoqda. Ushbu sport tadbirlari Filialda talabalarning jismoniy salomatligini mustahkamlash, ularni sportga jalb qilish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida uyushtirilib, sportning voleybol, stol tennis, mini futbol, shaxmat va yengil atletika turlari bo‘yicha o‘tkazilmoqda.

9-oktabr kuni Iqtisodiyot fakulteti talabalari o‘rtasida voleybol va stol tennis musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Ayniqsa, talaba-qizlar o‘rtasidagi voleybol musobaqasi katta qiziqish bilan kuzatildi. Shu bilan birga fakultetning yigitlari o‘rtasida stol tennis bo‘yicha musobaqa o‘tkazilib, talabalar o‘z mahoratlarini namoyon qilishdi. Musobaqalar qizg‘in raqobat va do‘stona kayfiyatda o‘tdi.

Fakultet tyutori M.Abdurayimova boshchiligida talaba-yoshlar mazkur sport tadbirlarida faol ishtirok etib, jismoniy tayyorgarlik darajalarini yanada mustahkamlash barobarida o‘zaro hamjihatlik va bir-birini qo‘llab-quvvatlashning muhimligini amalda ko‘rsatib kelmoqdalar. Fakultet miqyosida guruhlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan sport musobaqalari talabalarda sog‘lom raqobat ruhini shakllantirishga, ularning sportga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga katta hissa qo‘shmoqda.

Matbuot kotibi: A.Ergashev


Foydali manzillar