- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
Bugun Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialida "Kafedra oyligi" doirasida "Zooinjeneriya va ipakchilik" kafedrasi assistenti S.Raxmatova tomonidan "Baliqlarning biologik xususiyatlarini o‘rganish va yoshini aniqlash" mavzusida ochiq laboratoriya mashg‘uloti o‘tkazildi. Mashg‘ulot davomida talabalar baliqlarni o‘rganishda qo‘llaniladigan ilmiy usullar bilan yaqindan tanishdilar. Xususan, baliqlarning morfologik tuzilishi, fiziologik xususiyatlari, suyak to‘qimalari va muvozanat suyaklari asosida yoshini aniqlash texnikalari ko‘rib chiqildi. S.Raxmatova baliqlarning suyaklari, tangalariga qarab yoshini aniqlash metodikasini tushuntirdi. Amaliy mashg‘ulot davomida baliq namunalarining yoshini aniqlashda mikroskop orqali tahlillar va boshqa ilmiy usullar qo‘llanildi.






Talabalar ushbu mashg‘ulot davomida baliqlarning o‘sish jarayonini tahlil qilish yuzasidan qo‘shimcha bilimlarga ega bo‘ldilar. Bu bilimlar baliqlarni yetishtirish va ularni o‘rganishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, talabalar uchun ilmiy-tadqiqot ishlarida qo‘llaniladigan asosiy ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi.
Ochiq laboratoriya mashg‘uloti yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berdilar va ilmiy tajribalar orqali amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldilar. Ushbu laboratoriya mashg‘uloti talabalar orasida katta qiziqish uyg‘otdi.
Matbuot kotibi: A.Ergashev