- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
2024-yilning 7-oktabr kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filialida Filial psixologi Nargiza Norova tomonidan talabalar o'rtasida ma'naviy, etika-estetika jarayonlarini psixologik rivojlantirish hamda kasb psixologiyasi mavzusida suhbat o'tkazildi. Ushbu tadbir, yoshlarning shaxsiy va professional rivojlanishiga ko'maklashish maqsadida tashkil etildi.



Suhbat davomida Nargiza Norova kasb psixologiyasi, insonning kasbiy faoliyatda duch kelishi mumkin bo'lgan stress omillari va ularni yengib o'tish yo'llari haqida batafsil ma'lumot berdi. Shuningdek, ma'naviy va etika-estetika rivojlanishining psixologik ahamiyati, talabalar ongida sog‘lom ruhiy muhit yaratish zarurligi haqida muhim masalalar muhokama qilindi.
Tadbirda Xotin-qizlar masalalari bo'yicha maslahat kengashi raisi O'. Qo'ziboyeva, Veterinariya meditsinasi xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi Z. Badalova va fakultet tyutori Sh. Asqarova ham faol ishtirok etishdi. Ular o'z so'zlarida talabalarga jamiyatdagi ma'naviy qadriyatlarni yanada yuksaltirish, kasbiy axloq qoidalariga amal qilish hamda o'z sohasida muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun zarur bo'lgan bilim va ko'nikmalarni egallash borasida ko'plab foydali tavsiyalar berishdi.
Ushbu suhbat talaba-qizlarda katta qiziqish uyg'otdi. Talabalar psixologiyaga oid muhim tushunchalar, o'zlarini psixologik jihatdan mustahkamlash usullari hamda kelajakda professional faoliyatlarida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan murakkab vaziyatlarni muvaffaqiyatli boshqarish bo'yicha qimmatli ma'lumotlarga ega bo'lishdi.
Matbuot kotibi: A.Ergashev