- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
Bugun Veterinariya meditsinasi fakulteti talabalari o‘rtasida "O'z-o'ziga bo'lgan ishonchni oshirish", "Maqsad sari harakat" va "Muvaffaqqiyatga erish yo'llarining psixologik ahamiyati" mavzularida psixologik seminar-trening tashkil etildi. Ushbu trening Filial psixologi Nargiza Norova tomonidan o‘tkazilib talabalarga o‘z maqsadlariga erishishda psixologik barqarorlikning o‘rni, o‘ziga bo‘lgan ishonchning ahamiyati va muvaffaqqiyatga olib boruvchi yo‘llar haqida tushunchalar berildi.



Trening davomida Nargiza Norova sog‘lom psixologik muhit yaratish va talabalar o‘rtasida o‘zaro hurmat hamda qo‘llab-quvvatlashning ahamiyati haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, Nargiza Norova o‘z nutqida talabalarning o‘z maqsadlariga erishishda mashaqqatlardan qo‘rqmasdan, ichki resurslarini to‘g‘ri yo‘naltirish va doimiy intilishni davom ettirish zarurligini ta’kidladi.
Mazkur treningda psixologik muhitning o‘quv jarayonida o‘zaro hamkorlik, jamoaviy ishlash, shaxsiy rivojlanish va talabalarning muvaffaqiyatga erishishlarida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlandi. Shu bilan birga, psixolog o‘ziga ishonchni oshirish orqali talabalarning maqsadlarini aniq belgilashlari va ularga erishish yo‘lida qat'iyatli bo‘lishlari kerakligini alohida qayd etdi.
Ushbu seminar-trening talabalarning ruhiy holatini qo‘llab-quvvatlash, o‘z imkoniyatlarini kashf etish va psixologik jihatdan mustahkam bo‘lishlariga yordam berdi.

Matbuot kotibi: A.Ergashev