Besh muhim tashabbus olimpiadasi doirasida navbatdagi bellashuvlarga start berildi

Besh muhim tashabbus olimpiadasi doirasida navbatdagi bellashuvlarga start berildi

Iqtisodiyot va Texnologiyalar fakultetlarida “Besh muhim tashabbus olimpiadasi”ning fakultet bosqichi boshlandi. Ushbu olimpiada doirasida talabalarni sog‘lom  turmush tarzi hamda faol ijtimoiy hayotga jalb qilish maqsad qilingan.

Tadbirni Iqtisodiyot fakulteti dekani v.v.b N.Utapov ochib berdi. Fakultetlarda talabalarning jismoniy sog‘ligini mustahkamlash va sportga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida tashkil etilayotgan ushbu musobaqalarda dastlab volleybol bo‘yicha bahslarga e'tibor qaratildi.

Bugungi bahslar Iqtisodiyot fakulteti tyutori M.Abdurayimova va Texnologiyalar fakulteti tyutori Y.Julbekovalar tomonidan tashkillashtirilib, talaba-qizlar va yigitlar o‘rtasida ketma-ket volleybol musobaqalari o‘tkazildi. Har ikkala fakultet vakillari bellashuvlarda faol ishtirok etdi. Jamoalar o‘rtasida qizg‘in kurash kechdi. “Besh muhim tashabbus olimpiadasi”ning fakultet bosqichida hafta davomida boshqa sport turlari bo‘yicha musobaqalar davom etadi. Ushbu bosqichda fakultet miqyosida talabalarning qamrovini oshirish maqsadida fakultet tyutorlari tomonidan faol targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Fakultet bosqichida g‘oliblikka erishgan talabalar olimpiadaning keyingi, hal qiluvchi Filial bosqichiga yo‘llanma olishadi.

Matbuot kotibi: A.Ergashev


Foydali manzillar