- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
2024-yil 7-oktabr kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Tashkent filiali Iqtisodiyot fakultetida xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi N.Ishanova talaba-qizlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ushbu uchrashuvda talaba-qizlarning fan, sport va ijodiy to‘garaklarda faol ishtirok etishlarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning shaxsiy rivojlanishiga ko‘mak berish masalalari keng muhokama qilindi.



Dekan maslahatchisi N.Ishanova ilmiy va ijodiy faoliyatda muvaffaqiyatga erishish uchun darsdan tashqari vaqtlarda to‘garaklar, loyihalar va tanlovlarda muntazam ishtirok etishning ahamiyatini alohida qayd etdi. Ayniqsa, zamonaviy texnologiyalar, innovatsiyalar, iqtisodiyot va menejment sohalarida o‘z qobiliyatlarini namoyish qilish va bu orqali nafaqat fakultetda, balki Filialda ham faol bo‘lish lozimligi haqida gapirdi.
Uchrashuv davomida birgalikda fakultet miqyosida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarda faol ishtirok etish, "Moziyga sayohat" dasturi doirasida muzeylarga tashrif buyurish, talaba-qizlar o‘rtasida intellektual o‘yinlarni jumladan, "Zakovat" intellektual o‘yinini ommalashtirish masalalari yuzasidan so‘z bordi.
Uchrashuvda talaba-qizlarning takliflari dekan maslahatchisi va fakultet tyutorlari tomonidan tinglandi. Birgalikda kelgusida amalga oshiriladigan loyihalar bo‘yicha kelishib olindi.
Matbuot kotibi: A.Ergashev