- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialida Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i J.Xalilov hamda Magistratura bo‘limi boshlig‘i A.Xoljigitov O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo'mitasi tizimidagi Veterinariya dori vositalari, ozuqabop qo'shimchalar sifati va muomilasi nazorati bo‘yicha davlat ilmiy markazida amaliyot o'tayotgan magistratura bosqichi talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdilar.




Uchrashuv davomida talabalar bilan amaliyot jarayonlari, ular o‘rganayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari va amaliyot dasturlari muhokama qilindi. J.Xalilov va A.Xoljigitov talabalar bilan yaqindan muloqot qilib, ularning amaliyotdagi yutuqlari va duch kelayotgan muammolariga e'tibor qaratdilar. Shu bilan birga, talabalarning amaliyot davomida o‘z kasbiy ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishlari uchun qo‘shimcha maslahatlar va tavsiyalar berdilar.
Markaz amaliyot o‘tayotgan magistratura bosqichi talabalari uchun o‘z kasbiy bilim va malakalarini mustahkamlash, shuningdek, sohada yuzaga keladigan real ish jarayonlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatini yaratmoqda. Ushbu amaliyot jarayonlari talabalarning kelgusi kasbiy faoliyatlariga mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
Uchrashuvda talabalarning savollari va takliflari eshitilib, ular tomonidan ko‘tarilgan masalalarni hamkorlikda hal etish belgilab olindi. Bunday uchrashuvlar, ta'lim va amaliyot o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashda muhim rol o‘ynaydi va talabalarning o‘z kasblariga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Matbuot kotibi: A.Ergashev