- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
Hurmatli professor-o‘qituvchilar va talabalar!
Sizlarni joriy yilning 7-oktabr kuni soat 12:00 da 205-xonada Zooinjeneriya va ipakchilik kafedrasi o‘qituvchisi Sh. Elmurodov tomonidan "Oziqalarning to‘yimliligini almashinuv energiyasi bo‘yicha aniqlash. Energetik oziqa birligi" mavzusida o‘tkaziladigan ochiq amaliy mashg‘ulot darsiga taklif etamiz.
Mazkur ochiq dars "Kafedra oyligi" doirasida tashkil etilib, unda oziqalarning to‘yimlilik darajasini almashinuv energiyasi asosida aniqlash, energetik oziqa birliklari haqida batafsil tushuntirishlar beriladi. Bu dars talabalarga nazariy bilimlarini amaliyotda sinab ko‘rish va oziqa turlarining samaradorligini baholash usullarini o‘rganish imkonini beradi. Shuningdek, oziqa balansini to‘g‘ri tuzish va uni chorva uchun energetik jihatdan boy qilish borasida muhim tajribalar ham ko‘rsatib beriladi.
Barcha qiziquvchilarni ushbu darsga faol qatnashishga, o‘z bilim va tajribalarini boyitishga chorlaymiz!

Matbuot kotibi: A.Ergashev