“Respublikamizda dorivor o‘simliklar yetishtirishni jadallashtirish” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi
- Asosiy sahifa
- Yangiliklar
- “Respublikamizda dorivor o‘simliklar yetishtirishni jadallashtirish” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi
- E'lon
- 2024-10-06
- 305
“Respublikamizda dorivor o‘simliklar yetishtirishni jadallashtirish” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETINING TOSHKENT FILIALI
“Respublikamizda dorivor o‘simliklar yetishtirishni jadallashtirish” mavzusida o‘tkaziladigan Respublika ilmiy-amaliy konferensiya
AXBOROT XATI
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali 2024-yil 18-oktabr kuni “Respublikamizda dorivor o‘simliklar yetishtirishni jadallashtirish” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini o‘tkazilishini ma’lum qilamiz.
KONFERENSIYANING ILMIY YO‘NALISHI
-Dorivor o‘simliklar yetishtirish, qayta ishlash texnologiyasi hamda muammolarni ilmiy va zamonaviy yechimlari;
-Qishloq xo‘jalik ekinlaridan mo‘l va sifatli hosil yetishtirishda innovatsion, resurstejamkor agrotexnologiyalardan foydalanish, muammolar va ularni
innovatsion yechimlari;
-Veterinariya, chorvachilik va boshqa qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini rivojlantirish ishlari bo‘yicha erishilgan yutuqlar, muammolar hamda istiqbolli rejalar;
-Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda iqtisodiyot va raqamli texnologiyalarning o‘rni
KONFERENSIYA MATERIALLARIGA QОʻYILADIGAN TALABLAR VA RASMIYLASHTIRISH TARTIBI:
Konferensiya materiallariga qоʻyiladigan talablar: Maqolada ko‘tarilgan muammolarning mazmuni, tadqiqot uslubining tavsifi, muallif tomonidan olingan ma’lumotlar hamda xulosalar qisqa va aniq bo‘lishi kerak. Maqola mazmuniga mos nomlanishi shart.
Rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar: Sahifa formati – A4 (210×297 mm); chegaralar chap tomonidan 3 sm, o‘ng tomonidan 1,5 sm tepa va pastdan 2 sm; shrifti – kegl 14; tipi – Times New Roman; qator oralig‘i – 1,5; sahifalar raqamlanmaydi. Matn orginalligi – 65 %dan kam bo‘lmasligi lozim.
Maqolada ketma-ketlik tartibi:
1.UO‘K (http://teacode.com/online/udc/ veb saytidan topish mumkin);
2. Mualliflarning familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zbek, rus va ingliz tillarida transliteratsiya asosida);
3. Ilmiy darajasi va unvoni, ish yoki o‘qish joyi, shahri (o‘zbek, rus va ingliz
tillarida);
4. Mualliflarning elektron pochtasi;
5. Maqolaning sarlavhasi (o‘zbek, rus va ingliz tillarida);
6. Annotatsiya (100-200 so‘z, o‘zbek, rus va ingliz tillarida);
7. Kalit so‘zlar (7-10 so‘z) (o‘zbek, rus va ingliz tillarida);
8. Kirish qismi;
9. Tajriba (tadqiqot) ob’ekti va uslubiyati;
10. Tajriba (tadqiqot) natijalari va ularning muhokamasi;
11. Xulosa;
12. Adabiyotlar ro‘yxati.
Rasmlar va jadvallar raqamlangan bo‘lishi, jadvallarning nomi jadval tepasida o‘rtada, rasmlarning nomi rasm pastki qismida o‘rtada joylanishi kerak.
Adabiyotlar ro‘yxati GOST 7.1-76 «Nashr etiladigan asarlarning bibliografik tavsifi» talablari shaklida bo‘lishi kerak. Matnda kvadrat qavslarda ilova qilinayotgan asarning tartib raqami (masalan, [1, 2, yoki 10] ko‘rsatiladi. Maqolada keltirilgan barcha ilovalar ilk manba bilan to‘g‘ri kelishi shart. Adabiyotlar ro‘yxatida ilova qilingan barcha adabiyotlar ko‘rsatilishi kerak. Adabiyotlar ro‘yxati alohida sahifaga yoziladi.
Konferensiyaning tashkiliy qo‘mitasi: Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali, Texnologiyalar fakulteti.
Hamkorlar: Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, Toshkent davlat agrar universiteti, “Modern education and development” international interdisciplinary research jurnali.
Maqola bilan ishtirok etgan har bir ishtirokchiga xalqaro sertifikat beriladi hamda maqolalari GOOGLE SCHOLARda 100% indekslanadi.
Eslatma: Maqola hajmi 3 betdan kam, 7 betdan ko‘p, mualliflar soni esa 4 tadan ko‘p bo‘lmagan holda elektron variantda topshirilishi lozim. Elektron variantda bitta faylda faqat bitta material bo‘lishi kerak. Elektron variantdagi faylning nomi birinchi muallifning familiyasi va sho‘ba raqamidan iborat bo‘lishi kerak.
Masalan: Ganiyev S.E. 2-sho‘ba.rtf. Fayl *rtf formatida
saqlanishi lozim. Berilgan maqolalar ekspertlar tahlilidan o‘tadi. Ilmiy-amaliy konferensiya mavzusi va nashr talablariga javob bermaydigan, ekspertlar tahlilidan o‘tmagan maqolalar matni qabul qilinmaydi va mualliflarga qaytarilmaydi. Materiallarni quyidagi manzilga yuborishingizni
so‘raymiz.
Maqolalar O‘zbekistondagi xalqaro “MODERN EDUCATION AND
DEVELOPMENT” jurnalida maxsus son sifatida chop ettiriladi. Maqola uchun to‘lov miqdori 55 000 so‘m va to‘lovni quyidagi HUMO 9860 3501 0981 5331 (Khuriyat Berkinova) plastic kartasi orqali amalga oshirish mumkin. Ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etish uchun ma’ruza tezislari 2024-yilning 15-
oktabriga qadar qabul qilinadi
Konferensiya oʻtkazilish joyi va vaqti:
2024-yil 18-oktabr kunlari, Toshkent shahar Chilonzor tumani 20-mavze 35-A uy, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali (online va offline formatda).
Konferensiya tili: o‘zbek, rus, ingliz.
Tashkiliy qo‘mita manzili: Manzil: Toshkent shahar Chilonzor tumani 20-mavze 35-A uy, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali
ROʻYXATDAN OʻTISH VA KONFERENSIYA MATERIALLARINI
TAQDIM ETISH
Ganiyev Sanjar Ernazarovich (+998) 97-951-01-65.
Maxmudov O‘tkir Xaydarovich (+998) 99-425-12-22.
Qo‘shimcha savol va takliflar bo‘yicha:
Tursunkulova Adiba Burxonovna (+998) 94-641-05-87
Ilmiy maqolalar e-mail:
s_ganiyev@mail.ru elektron pochtasi va
+99897-951-01-65 telegramm raqami orqali qabul qilinadi.

Matbuot kotibi: A.Ergashev



O`zbekcha
English
Русский
