Filialda doktorantlarning ilmiy-tadqiqot ishlari monitoring qilindi

Filialda doktorantlarning ilmiy-tadqiqot ishlari monitoring qilindi

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali direktorining 2024-yil 25-sentabrdagi 4-06-05/189-i/ch-sonli buyrug‘iga asosan, joriy yilning 3-4-5-oktabr kunlari davomida filialda Oliy ta’limdan keyingi ta’limning tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc) shakllarida tahsil olayotgan doktorantlarning ilmiy-tadqiqot ishlarini monitoring qilish va nazorat tekshiruvlari o‘tkazildi.

Mazkur tekshiruvlar jarayonida Ishchi guruh tomonidan doktorantlar amalga oshirayotgan ilmiy izlanishlarning dolzarbligi, metodologiyasi va erishilgan natijalari ko‘rib chiqildi. Tekshiruv davomida ilmiy ishlarning belgilangan rejalarga muvofiqligi, ularning sifat va mazmun jihatidan rivojlantirilishi yuzasidan tavsiyalar berildi. Monitoring natijalari doktorantlarning ilmiy-tadqiqot ishlarida erishilgan yutuqlarini qayd etish bilan birga, ularning kelgusi faoliyatlarini yanada takomillashtirish uchun muhim imkoniyatlar yaratdi.

Monitoring ishlarida Ilmiy-ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sh.Doniyorov hamda  Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo'limi boshlig'i A.Borasulovlar bevosita ishtirok etib, jarayonni nazorat qilib bordilar.

Nazorat tekshiruvlari doktorantlarning ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy ishlari samaradorligini oshirish hamda yuqori ilmiy darajaga erishishlarini ta’minlashga xizmat qiladi.

Matbuot kotibi: A.Ergashev


Foydali manzillar