- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
Bugun Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialining Zangiota tumanida joylashgan o‘quv binosida "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida betakror ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, taniqli shoira Xosiyat Bobomurodova va Zulfiya Mo‘minovalar ishtirok etdilar.

Dastlab Yoshlar masalalari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktorning birinchi o'rinbosari O.Sulaymanbekov so‘z olib:
- "Bugungi "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida tashkil etilgan ijodiy uchrashuvni ochib berish men uchun katta sharaf. Ma'naviyat va ma'rifat har bir yosh avlodning kelajagini belgilovchi muhim omillar hisoblanadi. Shu sababli, filialimizda olib borilayotgan barcha ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar yoshlarimizni bilimli, ma'naviy yetuk, Vatanimizga sadoqatli insonlar qilib tarbiyalashga qaratilgan. Bugungi kunda filialimizda yoshlarga nafaqat zamonaviy bilimlar berib borilmoqda, balki ularning milliy qadriyatlarga hurmat ruhida shakllanishiga katta e'tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, bunday ijodiy uchrashuvlar orqali yoshlar nafaqat adabiyotni anglashadi, balki ulug‘ shoiralarimizning hayotiy tajribalaridan ilhom olishadi. Shoiralarimiz Xosiyat Bobomurodova va Zulfiya Mo‘minovalarning ijodiy yo‘llari har birimiz uchun katta namunadir. Ular o‘z she’rlari va asarlari orqali Vatanga sadoqat, mehr va muhabbatni targ‘ib qilib kelmoqdalar. Bugungi tadbir nafaqat adabiyot, balki ma'naviy kamolot yo‘lidagi ulkan qadam bo‘lishiga ishonaman. Shu o‘rinda, shoiralarimizga filialimizda olib borilayotgan ma'naviy-ma'rifiy ishlar haqida qisqacha to‘xtalib o‘tmoqchiman..." -dedi O.Sulaymanbekov.
Shundan so‘ng ijodiy uchrashuvga tashrif buyurgan mehmonlarga Filialda olib borilayotgan ma'naviy-ma'rifiy ishlar haqida ma'lumotlar berdi.



Ijodiy uchrashuvda sirtqi ta'lim shakli talabalari ishtirok etdilar. Tadbir davomida shoiralar o‘z ijodiy yo‘llari, hayotiy qarashlari va she’riyat olamidagi yutuqlari haqida samimiy fikrlar bilan bo‘lishdilar. Shoiralar o‘z she’rlaridan namunalar o‘qib, talabalar qalbiga chuqur ta’sir qiluvchi asarlarini taqdim etdilar. Uchrashuv mobaynida o‘z ijod jarayonlari, ilhom manbalari va ijodkorlikdagi qiziqarli voqea-hodisalar haqida so‘z yuritib, yosh ijodkorlarga qimmatli maslahatlar berdilar.
Tadbirning asosiy mavzularidan biri Vatanga muhabbat va sadoqat bo‘ldi. Shoiralar tomonidan talabalarga Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish, unga nisbatan fidoiy bo‘lish kabi dolzarb ijtimoiy mavzular ko‘tarildi. Ular yurtga sadoqat va Vatanga bo‘lgan cheksiz muhabbatning inson hayotidagi o‘rni haqida chuqur mulohazalar bildirdilar. Shoiralar o‘z ijodlari orqali bu mavzularni talabalarga ta’sirchan misollar va jo‘shqin she'rlari orqali yetkazib, yoshlarni milliy qadriyatlarimizga va Vatanimizga muhabbatli bo‘lishga undadilar. O‘z ma'ruzalarida o‘zbek xalqining bag‘rikengligini, ilm-ma'rifatga va adabiyotga oshnoligini hamda juda ham halol, pokiza xalqligini ta'kidlab, albatta, kelajakda yosh avlod ma'rifatparvar Jadidchilar kabi millatparvar bo‘lib shakllanishiga umid bildirdilar.
Ushbu ijodiy uchrashuvda sirtqi ta’lim shakli talabalari ham faol ishtirok etdilar. Ular o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib shoiralardan bebaho maslahatlar oldilar. Shoiralar tomonidan berilgan samimiy javoblar va qimmatli maslahatlar talabalarning kelajakdagi ijodiy izlanishlari va Vatanga bo‘lgan muhabbatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Uchrashuv so‘ngida Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi va talabalar tomonidan shoiralarga minnatdorchiliklar bildirildi. Tadbir yakunida bu kabi uchrashuvlar yoshlarning ma’naviy va ijodiy taraqqiyotida muhim ahamiyatga egaligi ta’kidlandi. Filial talabalari "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida yirik adabiyot va she'riyat namoyondalari bilan o‘tkazilayotgan ijodiy uchrashuvlardan mamnun bo‘lmoqda.
Matbuot kotibi: A.Ergashev