- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
2024-yil 22-sentabr, yakshanba kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) miqyosida O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Akademiyasida “YURT IFTIXORI” xalqaro ilmiy-amaliy ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli tanlovda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali Hayvonlar yuqumli va parazitar kasalliklar kafedrasi o‘qituvchisi Axmedov Saidmirzaxo‘ja To‘lqin o‘g‘li ishtirok etib, taqdirlash marosimida katta sharafga muyassar bo‘ldi.



Axmedov Saidmirzaxo‘ja To‘lqin o‘g‘li “YURT IFTIXORI” esdalik ko‘krak nishoni va maxsus guvohnoma bilan taqdirlandi. Ushbu yutuq, uning ilmiy va amaliy sohada erishgan muvaffaqiyatlari, mamlakat va xalq oldidagi xizmatlarini e’tirof etadi.
Mazkur tanlov ilmiy izlanishlar, amaliy ishlanmalar hamda jamiyatga qo‘shgan hissasini keng miqyosda baholash maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, Saidmirzaxo‘ja To‘lqin o‘g‘lining bu tanlovdagi g‘alabasi filial jamoasi uchun katta faxrdir.
Matbuot kotibi: A.Ergashev