“Qizlarjon” klubi qoshidagi ingliz tili to‘garagining 1-mashg‘uloti o‘tkazildi

“Qizlarjon” klubi qoshidagi ingliz tili to‘garagining 1-mashg‘uloti o‘tkazildi

Joriy yilning 20-sentyabr kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali huzuridagi “Qizlarjon” klubi tomonidan tashkil etilgan ingliz tili to‘garagining ilk mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Ushbu to‘garakning asosiy maqsadi talaba qizlar orasida chet tillariga qiziqishni oshirish, ularni global kommunikatsiya va ta’lim sohalarida faol ishtirok etishga tayyorlashdir. Mashg‘ulotda ishtirok etgan talabalarga ingliz tilining boshlang‘ich grammatik qoidalari, kundalik hayotda foydalanish mumkin bo‘lgan so‘z birikmalari hamda til o‘rganishning zamonaviy uslublari haqida dastlabki tushunchalar berildi. Mashg‘ulot davomida ishtirokchilar guruhlarga bo‘linib, bir-birlari bilan ingliz tilida erkin muloqot qilishdi. Shuningdek, o‘yinli yondashuv orqali yangi so‘z va iboralarni o‘rganishdi, bu esa ularning til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi.

To‘garak rahbarlari O‘zbek, rus va xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchisi Z.Badalova kelgusi darslarda interaktiv uslublardan foydalanib, til o‘rgatish jarayonini yanada samarali qilish rejalashtirilganligini ta’kidladi. Kulgusida talabalar bu to‘garakda muntazam qatnashib, ingliz tilini mukammal o‘zlashtirishlariga umid bildirdi. Mashg‘ulot yakunida barcha ishtirokchilarga keyingi mashg‘ulot uchun uyga vazifalar berilib, ularga o‘z bilimlarini yanada mustahkamlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Matbuot kotibi: A.Ergashev


Foydali manzillar