"Muvaffaqqiyat kuchi ishonch va harakatda" mavzusida psixologik seminar-trening o'tkazildi

"Muvaffaqqiyat kuchi ishonch va harakatda" mavzusida psixologik seminar-trening o'tkazildi

Toshkent filialida talabalarga mo'ljallangan "Muvaffaqqiyat kuchi ishonch va harakatda" mavzusida psixologik seminar-trening tashkil etildi. Mazkur mashg‘ulot Filial psixologi Nargiza Norova tomonidan ko‘tarinki kayfiyatda olib borildi. Seminar davomida talabalarga muvaffaqqiyatga erishish yo'lidagi asosiy psixologik tamoyillar va texnikalar haqida batafsil ma'lumotlar berildi.

Mashg'ulotlarda psixolog tomonidan talabalar bilan bir qator muhim psixologik usullar va texnikalar ishlandi. Jumladan, o'z-o'zini motivatsiya qilish - talabalarga muvaffaqiyat sari intilishda o'zlarining ichki motivatsiyasini topish va uni kuchaytirish bo'yicha ko'rsatmalar berildi. So‘ngra, Kognitiv xatti-harakat terapiyasi (CBT) orqali talabalar o'zlarining salbiy fikrlarini qanday boshqarish va ularga qarshi turish bo'yicha qimmatli mashg'ulotlar oldi. Stress menejmenti mashg‘uloti orqali talabalarga stress darajasini boshqarish, stressli holatlarda samarali ishlash usullari haqida kerakli tavsiya va maslahatlar berildi.

Seminar-trening yakunida talabalarga o'z oldilariga aniq maqsadlar qo'yish, ularga erishish uchun zarur bo'lgan harakatlar strategiyasini tuzish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Trening ishtirokchilari tomonidan seminar yuqori baholandi hamda talabalar kelgusida Filial psixologi Nargiza Norova tomonidan o‘tkaziladigan ushbu psixologik tadbirlarda ko'proq ishtirok etish istagini bildirdilar.

Matbuot kotibi: A.Ergashev
 


Foydali manzillar