"Talabalar xavfsizligi kuni" doirasida profilaktik tadbirlar o‘tkazildi

"Talabalar xavfsizligi kuni" doirasida profilaktik tadbirlar o‘tkazildi

O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda "Oliy ta'lim muassasalarida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirilishini yanada takomillashtirish to'g'risida"gi 2024-yil 25-martdagi 06/12-sonli Qo'shma qaror va ushbu qaror bilan tasdiqlangan Yo'riqnomaning 22-bandiga ko'ra har haftaning payshanba kuni "Talabalar xavfsizligi" kuni deb belgilangan. Ushbu Qo'shma qaror ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 19-sentyabr sanasida Samarqand davlat veterinariya meidtsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialida "Talabalar xavfsizligi kuni" doirasida talabalar xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan profilaktik tadbirlar o'tkazildi.

Ushbu tadbirlar profilaktika katta inspektori, podpolkovnik O'. Xalikov boshchiligida olib borildi. Tadbirning asosiy maqsadi – talabalar o'rtasida huquqbuzarlikning oldini olish, davomatni nazorat qilish va tartib-intizomni yanada mustahkamlashdan iborat hisoblanadi.

Davomat tadbirlari davomida talabalarning o'qish jarayonidagi ishtiroki sinchiklab kuzatildi. Shuningdek, profilaktik tekshiruvlar o'tkazilib, talabalar orasida huquqiy bilim va mas'uliyatni oshirishga qaratilgan ma'ruzalar tashkil etildi. Katta inspektor O'. Xalikov yig'ilganlarga yo'l harakati qoidalariga amal qilish, jinoyatchilikning oldini olish, talabalar xavfsizligi masalalariga e'tibor qaratish borasida muhim tavsiyalar berdi.

Mazkur tadbir filial talabalarining xavfsizlik masalalariga bo'lgan munosabatini shakllantirish va ularning huquqiy madaniyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi. 

Tadbir yakunida, O'. Xalikov tomonidan talabalarga ijara xonadonlarida tartibli turish, tungi vaqtlarda fuqarolar osoyishtaligini buzmaslik, yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya qilish va ta'limdagi mas'uliyatni doimo yodda tutish zarurligini ta'kidlanib, profilaktika tadbirlar davom etishi ma'lum qilindi.

Matbuot kotibi: A.Ergashev


Foydali manzillar