"Bir bo‘lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz!" mavzusida Axborot va tyutorlik soati dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi

"Bir bo‘lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz!" mavzusida Axborot va tyutorlik soati dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi

Joriy yilning 18-sentyabr sanasida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialida talabalarga Axborot va tyutorlik soati dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Ushbu mashg‘ulotlarda Texnologiyalar fakulteti dekani O.Kuchchiyev hamda Iqtisodiyot fakulteti dekani v.v.b N.Utapovlar bevosita ishtirok etib "Bir  bo‘lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz!" mavzusi bo‘yicha talabalarga ma'ruza qildilar. Dastlab yurtimizda ro‘y bergan muhim siyosiy va ijtimoiy jarayonlar talabalar e'tiboriga havola qilinib, ularning mazmun-mohiyati yuzasidan qo‘shimcha ma'lumotlar berildi. Dars davomida talabalarga mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan to bugungi kungacha qo‘lga kiritgan yutuqlari, erishilgan marralar hamda xalq farovonligi va Vatan ravnaqi yo‘lida amalga oshirilgan islohotlar tushuntirildi.

Shuningdek, Yangi O‘zbekistonda ro‘y berayotgan yangilanishlar va o‘zgarishlar birma-bir tahlil qilindi. Unda har qaysi sohada Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlarning mazmun mohiyatiga qaralsa, faqat va faqat inson manfaatlari turganligi alohida ta'kidlandi. Boshqa ko‘plab sohalar qatori bugun Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish sohasida ham jadal islohotlar amalga oshirilayotganligi, soha shitob bilan rivojlanib, o‘sib borayotganligi aytildi. Qolaversa, ushbu sohada 10  minglab xodimlar xalqimiz farovonligi yo‘lida xizmat qilayotganligi va bugun ushbu auditoriyada o‘tirgan yosh talabalar ham puxta bilim olib, malakali kadr bo‘lib kulgusida Vatanimiz rivoji uchun sidqidildan xizmat qilishi lozimligi ta'kidlab o‘tildi.

Shuningdek, mashg‘ulot davomida tyutorlarning haftalik hisobotlari tinglandi. kelgusi haftada fakultetlarda ma'naviy-ma'rifiy yo‘nalishda amalga oshiriladigan tadbirlar va muhim voqealar muhokama qilindi. 

"Bir  bo‘lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz!" mavzusi bo‘yicha videodars (2-dars)

Matbuot kotibi: A.Ergashev

 


Foydali manzillar