Elektr energiyasini tejab, kelajakni yorqin qilaylik!

Elektr energiyasini tejab, kelajakni yorqin qilaylik!

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali rahbariyati Filialda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar va xodimlarni hamda talabalarni o‘z uylarida va ijarada xonadonlarida elektr energiyasidan foydalanishda tejamkor bo‘lishga so‘raydi! 

Elektr energiyasini tejashning eng oddiy va samarali yo‘li – eski cho‘g‘lanma lampalarni zamonaviy, energiya tejaydigan LED lampalarga almashtirishdir. Nega LED lampalar?
- LED lampalar 85% gacha kamroq energiya sarflaydi va oddiy cho‘g‘lanma lampalarga nisbatan 25 marta ko‘proq xizmat qiladi.
- Masalan, 60 Vt quvvatli cho‘g‘lanma lampa atigi 800 soat xizmat qilsa, LED lampa 15 000 soatgacha ishlaydi.
- Mamlakatimizda statistik ma’lumotlarga ko‘ra, aholining aksariyati xonadonlarni yoritishda hali ham cho‘g‘lanma lampalardan foydalanadi. Bu esa ko‘p miqdorda energiya sarfiga olib kelmoqda.  Agar har bir xonadon LED lampalarga o‘tsa, mamlakatimiz bo‘yicha elektr energiyasi sarfida samaradorlikka erishiladi. 

Shuningdek, cho‘g‘lanma lampa va zamonaviy LED lampalarning iqtisodiy samaradorligida farq katta tafovutga egadir.
- 100 dona 60 Vt cho‘g‘lanma lampa bir oyda o‘rtacha 500 kVt/soat elektr energiyasini sarf qilsa, huddi shu miqdordagi 10 Vt LED lampalar faqat 83 kVt/soat energiya iste’mol qiladi.
- Agar elektr narxi 300 so‘m/kVt/soat bo‘lsa, cho‘g‘lanma lampalar oyiga 150 000 so‘mlik energiya sarflaydi. LED lampalar esa faqat 24 900 so‘m!

Elektr energiyasini tejash – bu nafaqat pulingizni tejash, balki mamlakatimizning iqtisodiy barqarorligiga ham hissa qo‘shish demakdir. Shuning uchun ham har birimiz o‘z uyimizda energiya tejaydigan texnologiyalardan foydalanishni odat qilishimiz kerak.

Elektr energiyasini tejab, kelajagimizni yorqin qilaylik!

 

1-rolik:

2-rolik:

Matbuot kotibi: A.Ergashev
 


Foydali manzillar