Mamlakatimizning tabiiy resurslarini tejab rivojlanishga hissa qo‘shing!

Mamlakatimizning tabiiy resurslarini tejab rivojlanishga hissa qo‘shing!

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali rahbariyati Filialda faoliyat yuritayotgan barcha xodimlar, professor-o‘qituvchilar hamda talabalarni o‘z uylarida va ijarada xonadonlarida gazdan tejamkorlik bilan foydalanishga chaqiradi! Gaz iste’molida ehtiyot choralarini ko‘rish va energiya tejovchi gaz qurilmalaridan foydalanish choralarini ko‘rishni so‘raydi. Eski gaz jihozlarini zamonaviy, energiyani tejaydigan gaz qurilmalariga almashtirish nafaqat Sizning xavfsizligingiz, balki mamlakatimiz iqtisodiyotiga ham katta foyda keltiradi. Ushbu chora-tadbirlar orqali siz nafaqat o‘zingiz, balki oilangiz va jamiyatimiz rivojiga ham hissa qo‘shasiz. Mamlakatimizning tabiiy resurslarini tejash orqali energiya samaradorligini oshirish barchamizning vazifamizdir! 

Matbuot kotibi: A.Ergashev


Foydali manzillar