“Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi

“Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi

“Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi

Bugun 17-sentabr kunida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlis kun tartibidagi 3-masalada O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi B.Norqobilov tomonidan “Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi deputatlar e’tiboriga havola qilindi.

Mazkur qonun loyihasida chorva hayvonlarini identifikatsiya qilish bo‘yicha yagona davlat siyosatini yuritish, hayvonlarda yuqumli kasalliklarning oldi olish hamda mamlakatimizda oziq-ovqat mahsulotlari havfsizligini ta’minlash masalalari nazarda tutilgan bo‘lib, shuningdek, hayvonlarni hisobini yuritish, hayvonlarning nasli bilan bog‘liq va ularning sog‘ligi to‘g‘risidagi yagona elektron tizim yaratilishi belgilangan. Bundan tashqari mazkur qonun loyihada hayvonlarni identifikatsiya qiluvchi, ro‘yxatga oluvchi va kuzatuvchi mutaxassislarining, identifikatsiya raqamini saqlovchi atribut ishlab chiqaruvchi va hayvon egalarining huquq va majburiyatlari belgilab berilgan.

Deputatlar qonun loyihasini ko‘rib chiqish chog‘ida unda nazarda tutilgan yangiliklar chorva hayvonlarini identifikatsiya qilish bo‘yicha yagona davlat siyosatini amalga oshirish, tashqi va ichki bozorlarni sifatli chorva mahsulotlar bilan ta’minlash, veterinar osoyishtalikni ta’minlashga xizmat qilishini alohida qayd etdilar. Ushbu qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda bir ovozdan ma’qullandi.

Matbuot kotibi: A.Ergashev


Foydali manzillar