Doktorantura (DSc), tayanch-doktorantura (PhD) va stajyor-taqdiqotchilikga tanlov asosida qabul e'lon qilinadi

Doktorantura (DSc), tayanch-doktorantura (PhD) va stajyor-taqdiqotchilikga tanlov asosida qabul e'lon qilinadi

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali 2025-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha doktorantura (DSc), tayanch-doktorantura (PhD) va stajyor-taqdiqotchilikga tanlov asosida qabul e’lon qiladi.

Ixtisoslik turlari:                                                       

✅ 03.00.06 Zoologiya;
✅ 06.01.05-Seleksiya va urug‘chilik;
✅ 06.01.08-O‘simlikshunoslik;
✅ 06.02.01-Qishloq xo‘jaligi hayvonlarini urchitish, ko‘paytirish, seleksiyasi va genetikasi. Qorako‘lchilik;
✅ 06.02.03-xususiy zootexniya. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi;
✅ 16.00.01-Hayvonlar kasalliklari diagnostikasi, terapiyasi va xirurgiyasi;
✅ 16.00.03-Veterinariya mikrobiologiyasi, virusologiyasi, epizootologiyasi, mikologiyasi, mikotoksikologiyasi va immunologiyasi;
✅ 16.00.04-Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi. Veterinariya sanitariyasi, ekologiyasi, zoogigiyenasi va veterinar-sanitariya ekspertizasi

Talabgorlar quyidagi hujjatlarni 15-sentabridan 15-oktabriga qadar taqdim etishlari lozim:

✅ariza;
✅qisqacha biografik ma’lumotnoma;
✅B1 darajadagi xorijiy til sertifikati;
✅mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
✅Oliy ta’lim muassasasi magistratura diplomi nusxasi;
✅3.4 shakldagi ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek, ularning nusxalari (kamida 2 ta tezis va tanlangan mavzu bo‘yicha OAK e’tirof etgan jurnalda 1 ta ilmiy maqola);
✅Oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega boʻlganligi toʻgʻrisidagi diplom nusxasi (doktorantura uchun).
✅Tadqiqot mavzusi boʻyicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining batafsil loyihasi (doktorantura uchun).
✅pasport nusxasi;
✅ilmiy rahbarning rozilik xati.

Hujjatlar https://daraja.ilmiy.uz platformasi orqali qabul qilinadi.
Tasdiqlangan kvota bo‘yicha ajratilgan o‘rinlarga mutaxassislik fanlaridan kirish imtihonlari va suhbat bo‘lib o‘tishi ma'lum qilinadi.

Murojaat uchun: +998 90 345 72 36 

Matbuot kotibi: A.Ergashev

 


Foydali manzillar