“Birinchi kurs maktabi” doirasida psixologik seminar-trening o‘tkazildi

“Birinchi kurs maktabi” doirasida psixologik seminar-trening o‘tkazildi

Bugun 10-sentyabr sanasida Samarqand davlat veterinariya meidtsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialida 1-kurs talabalari uchun Filial psixologi N.Norova tomonidan psixologik seminar-trening o‘tkazildi.

Trening avvalida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i B.Murodov 1-kurs talabalariga Filial to‘g‘risida, shuningdek, Filialda darsdan bo‘sh vaqtlarida o‘tkaziladigan fan, ilmiy, badiiy-ijodiy va sport to‘garaklari bo‘yicha ma’lumotlar berdi. Shu bilan bir qatorda talabalarning ijara xonadonlaridagi holat hamda talabalikning ilk tassurotlar haqida suhbatlashdi.

Shundan so‘ng, Filial psixologi talabalarga tanishtirilib, N.Norovaga so‘z navbati berildi. N.Norova talabalarga dastlabki daqiqalardan ko‘tarinki kayfiyat ulashgan holda, oliygohga 1-kursga qabul qilinganligi bilan zalga yig‘ilgan talabalarni tabrikladi.

Trening davomida talabalarning o‘z-o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish, raqobatda g‘olib chiqish, atrofdagi insonlar bilan do‘stlik aloqalarini mustahkamlash bo‘yicha psixologik mashg‘ulotlar olib borildi. Ushbu mashg‘ulotlar 1-kurs talabalarida katta taassurotlar qoldirdi.

 

Matbuot kotibi: A.Ergashev


Foydali manzillar