Yangi o‘quv yilidan yangi laboratoriyalar ishga tushirildi

Yangi o‘quv yilidan yangi laboratoriyalar ishga tushirildi

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialida ta'lim sifatini oshirish, talabalarning nazariy bilimlarini amaliy mashg‘ulotlar orqali mustahkamlash, ilmiy laboratoriyalar bilan hamkorlik aloqalarini kuchaytirish maqsadida yangi laboratoriyalar tashkil qilinib zamonaviy uskuna va jihozlar o‘rnatildi. 
 

Jumladan 106-auditoriyada "Mikrobiologiya va virusologiya" laboratariyasi, 107-auditoriyada "Epizootologiya va PSR, IFA" laboratoriyasi, 108-auditoriyada "Kichik xirurgiya" laboratoriyasi, 110-auditoriyada "Veterinariya sanitariya ekspertizasi" laboratoriyasi, 209-auditoriyada "Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi" laboratoriyalari dars va darsdan tashqari vaqtlarda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun professor-o‘qituvchi va talabalar ixtiyoriga topshirildi.
Kecha 9-sentyabr sanasi - o‘quv yilining birinchi kunida ushbu laboratoriyalarida birinchi dars mashg‘ulotlari olib borildi. Zamonaviy laboratoriya jihozlari talabalarda o‘z mutaxassislik sohalariga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirdi. 
 

Matbuot kotibi: A.Ergashev


Foydali manzillar