- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PQ-264-sonli “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish” tog‘risidagi qarori asosida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 9-sentyabr sanasida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialida yangi 2024-2025 o‘quv yilining ochilish marosimi hamda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yillik bayrami shodiyonasiga bag‘ishlangan bayram konsert-dasturi, “Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda” g‘oyasining mohiyati mavzusida “Mustaqillik darslari” va “Birinchi kurs maktabi” tadbirlari yuqori saviyada o‘zkazildi.

Dastlab, kunning birinchi qismida “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” g‘oyasi asosida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri va yangi o‘quv yilining ochilish marosimi o‘tkazildi. Ushbu tadbirga O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi, veterinariya va chorvachilik sohalaridagi yirik ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar, ilmiy laboratoriya va boshqa tizim tashkilotlaridan mehmonlar hamda talabalarning faol ota-onalari taklif etilib, ularning ishtiroki ta’minlandi. Tadbirni Filial direktori Tursagatov Jahongir Mamatovich o‘zining tabrik so‘zi bilan ochib berib, Filialga tashrif buyurgan mehmonlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Shundan so‘ng, mustaqil Vatanimizni madh etuvchi kuy-taronalar va milliy raqslarga navbat berildi. Tadbir davomida bayram dasturiga taklif etilgan martabali mehmonlar hamda talabalarning ota-onalariga so‘z navbatlari berildi. Ularning mamlakatimiz hayotida ro‘y berayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yangilanish va rivojlanishlar to‘g‘risidagi ma’ruzalari, shuningdek, bu ulkan o‘zgarishlarning xalqimiz hayotida ko‘rsatayotgan ijobiy yangiliklari haqidagi hursandchiliklari tinglangdi. Tadbir yakunida mamlakatimizda veterinariya va chorvachilik sohasini keng ko‘lamli rivojlantirish maqsadida soha uchun malakali kadrlarni tayyorlash yo‘lida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali bilan muvaffaqqiyatli hamkorlik aloqalarini olib borayotganligi uchun Filial talabalarning amaliyot jarayonlarini tashkil qilishda yaqindan yordam beruvchi bir qator ilmiy laboratoriyalar, bitiruvchi talabalarni ish bilan ta’minlovchi veterinariya va chorvachilik sohalariga ixtisoslashgan firma, korxona va boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlari rahbarlariga “Tashakkurnoma”lar taqdim etildi.


Shu bilan bir qatorda Filialda o‘zining mashaqqatli mehnat faoliyatini sharaf bilan ado etib kelayotgan bir guruh professor-o‘qituvchilar va 2023-2024 o‘quv yilida fanlarni o‘zlashtirishda yuqori natijalar qayd etganligi hamda o‘qish davomida ilmiy-ma’rifiy yo‘nalishlarda faollik ko‘rsatgan iqtidorli talabalarga ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida Faxriy yorliqlar va qimmatbaxo sovg‘alar berildi.




Matbuot kotibi: A.Ergashev