Filial faxri: Zarnigor Meyliyeva — Jahon chempioni!

Filial faxri: Zarnigor Meyliyeva — Jahon chempioni!

Texnologiyalar fakulteti talabalari nafaqat ilm-fan, balki sport olamida ham yuksak marralarni zabt etmoqdalar.

Meyliyeva Zarnigor sportning kanoe turi bo‘yicha o‘tkazilgan nufuzli Jahon chempionatida o‘zining yuksak mahorati, matonati va tezkorligi bilan barcha raqiblarini ortda qoldirib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi! 

Zarnigorning bu ulkan g‘alabasi nafaqat o‘zi, balki fakultet va filial jamoasi uchun ham katta faxrdir. Uning tinimsiz mehnatlari, sportga bo‘lgan cheksiz muhabbati va irodasi yoshlarga haqiqiy o‘rnak bo‘la oladi.

Kelgusi sport musobaqalarida yana g‘alabalar bilan kutib qolamiz!