Tabrik

Tabrik

Aziz hamkasblar, muhtaram professor-o‘qituvchilar, qadrli talaba-yoshlar!

Sizlarni  O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining qutlug‘ 35 yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!

Mustaqillik — biz uchun eng oliy ne’mat, xalqimizning asriy orzusi hamda erkin va farovon hayotimizning mustahkam poydevoridir. O‘tgan davr mobaynida yurtimiz barcha sohalarda, xususan, ta’lim, ilm-fan va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlarida ulkan rivojlanish bosqichini bosib o‘tdi. Bugun biz yaratayotgan har bir yangilik, erishayotgan har bir yutuq — aynan istiqlolimiz shukuhi va bergan cheksiz imkoniyatlarining samarasidir.

Biz chorvachilik va biotexnologiya sohalari uchun yuqori malakali, zamonaviy fikrlovchi va o‘z kasbining fidoisi bo‘lgan yoshlarni tarbiyalashdek sharafli vazifani bajaryapmiz.

Aziz yoshlar!

Sizlarning ilm olishdagi har bir qadamingiz, izlanishlaringiz va innovatsion g‘oyalaringiz — yurtimizning kelajagi uchun eng katta sarmoyadir. Doimo shijoatli bo‘ling, mustaqilligimizni qadrlang va Vatanimiz nomini dunyo miqyosida ulug‘lashga intiling!

Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, ilmiy va ijodiy faoliyatingizda yangi muvaffaqiyatlar tilayman. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, istiqlolimiz esa abadiy bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Nurbek Yuldashov
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali direktori