BO‘SH ISH O‘RNI BOSH BUXGALTER O‘RINBOSARI

BO‘SH ISH O‘RNI BOSH BUXGALTER O‘RINBOSARI

BOSH BUXGALTER O‘RINBOSARI:

 

Bosh buxgalter o‘rinbosari quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

  1. Filialda buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarni amaldagi qonunchilik hamda buxgalteriya hisobi standartlari asosida yuritishda ishtirok etadi.
  2. Bosh buxgalter yo‘qligida uning vazifalarini bajaradi va buxgalteriya bo‘limi faoliyatiga rahbarlik qiladi.
  3. Buxgalteriya xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash, ularning ishini muvofiqlashtirish va bajarilishini nazorat qilishda ishtirok etadi.
  4. Birlamchi buxgalteriya hujjatlarining to‘g‘ri rasmiylashtirilishi, o‘z vaqtida qabul qilinishi va hisobda aks ettirilishini nazorat qiladi.
  5. Filialning pul mablag‘lari, tovar-moddiy boyliklari, asosiy vositalari, nomoddiy aktivlari va boshqa mol-mulklarining hisobini yuritilishini nazorat qiladi.
  6. Bank hisobvaraqlari, kassa operatsiyalari, debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari bo‘yicha hisob-kitoblarni tekshiradi.
  7. Xodimlarga ish haqi, mukofot, ta’til puli, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi va boshqa to‘lovlarning to‘g‘ri hisoblanishini nazorat qiladi.
  8. Soliqlar, yig‘imlar, majburiy ajratmalar va boshqa to‘lovlarning to‘g‘ri hisoblanishi hamda belgilangan muddatlarda budjetga o‘tkazilishini ta’minlaydi.
  9. Soliq, statistika, moliyaviy va boshqa hisobotlarni tayyorlashda ishtirok etadi, ularning to‘g‘riligi va o‘z vaqtida tegishli tashkilotlarga taqdim etilishini nazorat qiladi.
  10. Shartnomalar, hisobvaraq-fakturalar, dalolatnomalar, to‘lov topshiriqnomalari va boshqa moliyaviy hujjatlarni buxgalteriya nuqtai nazaridan tekshiradi.
  11. Filialning daromadlari va xarajatlari, moliyaviy natijalari hamda mablag‘lardan maqsadli foydalanilishini tahlil qiladi.
  12. Budjet, xarajatlar smetasi, biznes-reja va moliyaviy prognozlarni tayyorlashda ishtirok etadi.
  13. Debitorlik qarzlarini undirish va kreditorlik qarzlarini o‘z vaqtida to‘lash choralarini ko‘radi.
  14. Ombor va boshqa moddiy javobgar shaxslar faoliyati bo‘yicha buxgalteriya nazoratini amalga oshiradi.
  15. Asosiy vositalar, tovar-moddiy boyliklar va pul mablag‘larini inventarizatsiyadan o‘tkazishda ishtirok etadi, natijalarini hisobda aks ettiradi.
  16. Kamomad, ortiqcha chiqish, moliyaviy xatolar va qoidabuzarliklar aniqlangan hollarda bosh buxgalter va korxona rahbariga ma’lumot beradi.
  17. Buxgalteriya hujjatlarining saqlanishi, arxivga topshirilishi va maxfiy ma’lumotlarning muhofaza qilinishini ta’minlaydi.
  18. Nazorat qiluvchi organlar tomonidan o‘tkaziladigan tekshiruvlar uchun zarur buxgalteriya hujjatlarini tayyorlaydi.
  19. Tashqi va ichki audit jarayonlarida ishtirok etadi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
  20. Buxgalteriya dasturlarida ma’lumotlarning to‘g‘ri kiritilishi, saqlanishi va qayta ishlanishini nazorat qiladi.
  21. Moliyaviy intizomga, hisob-kitob va to‘lov intizomiga rioya qilinishini ta’minlaydi.
  22. Filial mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanish bo‘yicha rahbariyatga takliflar kiritadi.
  23. Buxgalteriya hisobi va soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlarni muntazam o‘rganib boradi hamda ularni Filial faoliyatida qo‘llash choralarini ko‘radi.
  24. O‘z vakolati doirasida korxona rahbariyatining buyruqlari, farmoyishlari va bosh buxgalterning topshiriqlarini bajaradi.
  25. Mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi va ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya qiladi.
  26. Xizmat vazifalarini bajarish jarayonida ma’lum bo‘lgan tijorat siri, moliyaviy va shaxsiy ma’lumotlarni oshkor qilmaydi.
  27. O‘ziga biriktirilgan hisob uchastkalari bo‘yicha hujjatlar va hisobotlarning haqqoniyligi, to‘liqligi va o‘z vaqtida tayyorlanishi uchun javob beradi.

Bosh buxgalter o‘rinbosariga qo‘yiladigan malaka talablari

Bosh buxgalter o‘rinbosari lavozimiga: buxgalteriya hisobi va audit, moliya, iqtisodiyot, soliqlar va soliqqa tortish, davlat moliyasi va budjet hisobi ta’lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha oliy ma’lumotga, bakalavr yoki magistr darajasiga ega bo‘lgan shaxs tayinlanadi.

Nomzod buxgalteriya hisobi, moliya, iqtisodiyot, audit yoki soliq sohasida kamida 3 yillik amaliy ish stajiga ega bo‘lishi lozim.

Budjet tashkiloti, davlat oliy ta’lim tashkiloti yoki davlat ulushi mavjud tashkilotda buxgalteriya hisobi sohasida ishlagan nomzodga ustuvorlik beriladi.

Bilishi lozim bo‘lgan qonunchilik hujjatlari

Bosh buxgalter o‘rinbosari quyidagilarni bilishi lozim:

O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksini.

O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksini.

O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini.

«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunni.

«Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi Qonunni.

Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish tartibini.

O‘zbekiston Respublikasi budjet hisobi standartlarini.

Yagona hisobvaraqlar rejasi va uni qo‘llash tartibini.

Budjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetasini tuzish hamda ijro etish tartibini.

G‘aznachilik orqali to‘lovlarni amalga oshirish tartibini.

Kassa operatsiyalari, bank hisobvaraqlari va naqd pul mablag‘lari hisobini yuritish tartibini.

Ish haqi, stipendiya, ta’til puli, moddiy yordam va boshqa to‘lovlarni hisoblash tartibini.

Asosiy vositalar, tovar-moddiy zaxiralar va nomoddiy aktivlar hisobini yuritish tartibini.

Inventarizatsiya o‘tkazish va uning natijalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibini.

Moliyaviy, soliq va statistika hisobotlarini tuzish hamda taqdim etish qoidalarini.

Boshlang‘ich hisob hujjatlarini rasmiylashtirish va elektron hujjat aylanishi talablarini.

Korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va moliyaviy nazorat talablarini.

Kasbiy ko‘nikmalar

Bosh buxgalter o‘rinbosari:

buxgalteriya operatsiyalarini hisobvaraqlarda to‘g‘ri aks ettira olishi;

daromadlar va xarajatlar smetasi ijrosini nazorat qila olishi;

budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobini alohida yurita olishi;

ish haqi, stipendiya va boshqa to‘lovlarning to‘g‘ri hisoblanishini tekshira olishi;

debitorlik va kreditorlik qarzdorligini tahlil qila olishi;

moliyaviy, soliq va statistika hisobotlarini tayyorlay olishi;

shartnoma, hisobvaraq-faktura, dalolatnoma va to‘lov hujjatlarini moliyaviy jihatdan tekshira olishi;

inventarizatsiya o‘tkazishni tashkil qila olishi;

ichki moliyaviy nazoratni amalga oshira olishi;

buxgalteriya xodimlarining ishini muvofiqlashtira olishi;

tekshiruv va audit jarayonlarida zarur hujjatlarni taqdim eta olishi lozim.

Axborot texnologiyalarini bilish

Bosh buxgalter o‘rinbosari:

budjet hisobi elektron axborot tizimlari;

g‘aznachilik elektron tizimlari;

elektron soliq hisoboti tizimlari;

davlat xaridlari elektron platformalari;

elektron raqamli imzo;

elektron hujjat aylanishi tizimlari;

Microsoft Word;

Microsoft Excel dasturlari va tizimlarida mustaqil ishlay olishi lozim.

Microsoft Excel dasturida formulalar, hisob-kitoblar, jamlanma jadvallar, ma’lumotlarni solishtirish va moliyaviy tahlil qilish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi talab etiladi.

Shaxsiy sifatlar

Bosh buxgalter o‘rinbosari quyidagi shaxsiy sifatlarga ega bo‘lishi kerak:

halollik va xolislik;

yuqori mas’uliyat;

moliyaviy intizom;

tahliliy fikrlash qobiliyati;

aniqlik va e’tiborlilik;

katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash qobiliyati;

xodimlar ishini tashkil etish va nazorat qilish ko‘nikmasi;

belgilangan muddatlarga rioya qilish;

manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik;

korrupsiyaviy holatlarga murosasiz munosabatda bo‘lish;

xizmat, tijorat va moliyaviy sirni saqlash.