Bosh auditor lavozimiga vakant o‘rin

Bosh auditor lavozimiga vakant o‘rin

 

8. BOSH AUDITOR

Vazifalari:

  • Filialda mavjud asosiy vositalar, tovar-moddiy qimmatliklar, naqd pul mablagʻlari, qimmatbaho qogʻozlar hamda qat’iy hisobda turuvchi blankalarning inventarizatsiyasini tashkil etish va o‘tkazishda faol qatnashish, shuningdek, ushbu jarayonning amaldagi me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq amalga oshirilishini nazorat qilish;

  • Asosiy vositalar, pul mablagʻlari va tovar-moddiy qimmatliklar inventarizatsiyasi hamda boshqa tekshiruvlar natijasida aniqlangan kamomadlarni undirish, ortiqcha mablagʻlarni kirim qilish bo‘yicha mutasaddi xodimlar bilan hamkorlikda monitoring olib borish;

  • Kamomadlar yuzaga kelishi, pul mablagʻlari va moddiy boyliklarning talon-toroj qilinishining oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rishda faol ishtirok etish;

  • Asosiy vositalar, pul mablagʻlari va tovar-moddiy qimmatliklarning Filial hisobiga to‘liq kirim qilinishi, ularning harakati bilan bogʻliq birlamchi hujjatlarning to‘gʻri yuritilishi va buxgalteriya hisobida o‘z vaqtida aks ettirilishi ustidan ichki auditorlik nazoratini amalga oshirish;

  • Filial gʻaznasida amaldagi me’yoriy hujjatlarga rioya etilishi yuzasidan ichki auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish;

  • Tegishli me’yoriy hujjatlar asosida asosiy vositalar va tez eskiruvchi moddiy qimmatliklarning balansdan chiqarilishi ustidan nazorat olib borish;

  • Byudjet va byudjetdan tashqari mablagʻlarning kommunal xizmatlar va elektr energiyasi sarfi bo‘yicha belgilangan limitlarga rioya etilishini ish rejasi asosida nazorat qilish;

  • Filial talabalariga stipendiya to‘lovlarining to‘gʻri hisoblanishi, berilishi va qayta hisob-kitob qilinishini amaldagi me’yoriy hujjatlar asosida tekshirish;

  • Pul mablagʻlari va tovar-moddiy qimmatliklarning kirim-chiqim hujjatlarini yuritishda qonunbuzilish holatlari aniqlanganda, tegishli choralar ko‘rish uchun Filial bosh hisobchisi yoki direktoriga yozma ravishda xabar berish.

Bilishi kerak:

Auditor o‘z faoliyatida quyidagilarni bilishi shart:

  • O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘gʻrisida”gi qonuni va boshqa tegishli normativ-huquqiy hujjatlar;

  • Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buyruqlari;

  • Filial direktorining buyruqlari;

  • Moliya va nazorat-taftish organlarining buxgalteriya hisobi va hisobotlarini yuritishga oid uslubiy va me’yoriy hujjatlari.

Malaka talablari:

  • Filialda buxgalteriya hisobini tashkil etish bo‘yicha nizomlar va yo‘riqnomalarni bilish;

  • Hujjatlar aylanishi va hisob jarayonlarini to‘gʻri tashkil etish tartibini bilish;

  • Pul mablagʻlari va moddiy boyliklarni qabul qilish, saqlash va sarflash tartibini bilish;

  • Oliy ma’lumotga ega bo‘lish;

  • Debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar yuritish hamda pul mablagʻlarini hisobdan o‘tkazish qoidalarini bilish.

Klassifikator bo‘yicha:

  • Tartib raqami: 634

  • Lavozim nomi (rus tilida): Glavniy auditor

  • Lavozim nomi (o‘zbek tilida): Bosh auditor

  • Guruh ichidagi tartib raqami: 2

  • MXSK-08 kodi: 1211

  • Toifasi: xizmatchi

  • Xodimlar toifasi: B

  • Milliy malaka darajasi (MMR): 7

  • Ta’lim darajasi kodi: 6