Bir bayroq, bir jamoa, bir maqsad!

Bir bayroq, bir jamoa, bir maqsad!

Tarix sahifalari aynan hozir, ko‘z o‘ngimizda yozilmoqda! O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatidagi ilk tarixiy uchrashuvi O‘zbekiston — Kolumbiya boshlandi.

Ayni daqiqalarda butun hayajonimiz va e’tiborimiz Meksikadagi yashil maydonlarda! 2026-yilgi Jahon chempionatida O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘zining tarixiy debyut uchrashuvida Kolumbiyaga qarshi maydonga tushdi.

Butun respublikamiz yoshlari hamda millionlab muxlislar nomidan “Oq bo‘rilar”ga cheksiz kuch, shijoat va yorqin g‘alaba tilaymiz.

Olg‘a, O‘zbekiston! Biz siz bilanmiz!