E'LON

E'LON

Bo'sh ish o'rni - vakant

FUQARO VA MEHNAT MUHOFAZASI BOʻYICHA MUHANDIS :
· Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi va mehnat muhofazasiga oid Qonunlar, Prezident Farmonlari, Vazirlar Mahkamasi Qarorlari va vazirliklarning buyruqlari, topshiriqlari hamda mahalliy hokimyat organlarining koʻrsatmalarini bajarish;
· Bino va inshootlarni, kommunikasiya qurilmalarini, texnologik yordamchi asbob-uskunalarni, avtomatik oʻlchov asboblar ekspluatatsiyasini va filialda bevosita sogʻlom va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish boʻyicha tashkiliy texnikaviy ishlarni oʻz vaqtida amalga oshirish;
·  Bino va mexanizmlarni oʻz vaqtida mahalliy Davlat nazorat organlarida roʻyxatdan oʻtkazish, mexanizmlarni koʻrsatilgan muddatlarda guvohnomalashtirish va qaytadan texnik hujjatlashtirilishini nazorat qilish;
·  Filial binolarini ta’mirlashda xavfsiz mehnat sharoitlari yaratilishini ta’minlash;
·  Baxtsiz hodisalarni oldini olish uchun zarur tadbirlar ishlab chiqish;
·  Ish jarayonida baxtsiz hodisalar yuz bergan holatda tekshiruvda qatnashish va jarohatlanishni oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
·  Ishchilar uchun maxsus kiyim, poyabzal va shaxsiy himoya vositalarini olish boʻyicha ehtiyojlarni tahlil qilish va Direktorga takliflar kiritish;
· Filialda xodimlarni mehnatni muhofaza qilish boʻyicha belgilangan tartibda oʻqitish, yoʻl-yoʻriqlar berish va bilimlarini tekshirish, texnik xodimlarni bilimlarini sinovdan oʻtkazish;
·  Mehnat muhofazasi boʻyicha qoida va yoʻriqnomalarga xodimlar tomonidan rioya qilinishini, xodimlarni yoʻriqnomalardan oʻtkazilishini ta’minlash va nazorat qilish;
·  Filialda har yili 4 marta (chorakda) mehnat muhofazasi holatini, ish joyida yuritiladigan maxsus jurnallarni yuritilishini tekshirish;
·  Filial Kasaba uyushma qoʻmitasi bilan birgalikda mehnat muhofazasi boʻyicha qonun va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida jamoat nazoratini tashkil etish;
· Filialda fuqaro mudofaasi va mehnat muhofazasi hamda texnik xavfsizlik va yongʻin xavfsizligi holatini tahlil qilish, yaxshilash chorlarini ishlab chiqish, hamda yilda kamida bir marta kengash yigʻilishida koʻrib chiqish uchun ma’lumotlar kiritish.
· Talabalar turar joyida fuqaro mudofaasi va mehnat muhofazasi hamda texnik xavfsizlik va yongʻin xavfsizligi boʻyicha tushuntirish, targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish hamda koʻrgazmali plakatlar bilan jihozlash ishlarini amalga oshirish;
· Filial talabalari oʻrtasida baxtsiz hodisalarni oldini olish, fuqaro mudofaasi hamda texnik xavfsizlik va yongʻin xavfsizligi qoidalarini yetkazish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar va seminarlar oʻtkazilishini ta’minlash;
· Axborot kommunikasiya texnologiyalarni puxta bilish;
· Filial ichki tartib qoidalari, odob-axloq qoidalari va kiyinish madaniyati talablariga rioya qilish.
Bilishi kerak:
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi va mehnat muhofazasiga oid Qonunlar, Prezident Farmonlari, Vazirlar Mahkamasi Qarorlari va vazirliklarning buyruqlari, topshiriqlari, mahalliy hokimyat organlarining Qarorlarini hamda Nizom, yoʻriqnomalar va me’yoriy hujjatlarni, filial ichki tartib-qoidalari bilishi.
Malaka talablari:
· Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega boʻlish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish xususiyatlariga;
· Oʻz sohasiga tegishli masalalar boʻyicha axborot va ma’lumotlardan xabardor boʻlishi zarur.