E'LON

E'LON

Bo'sh ish o'rni - vakant

BOSH AUDITOR:
·      Filialda mavjud asosiy vositalar, tovar moddiy qimmatliklar, naqd pul mablagʻlari, qimmatbaho qogʻozlar, qat’iy hisobda turuvchi blankalar va hokazolarning inventarizasiyasini tashkil etish hamda o‘tkazish jarayonida faol qatnashish, shuningdek, uning amaldagi me’yoriy hujjatlar talablariga mos ravishda o‘tkazilishi ustidan nazorat olib borish;
·      Asosiy vositalar, pul mablagʻlari, tovar-moddiy qimmatliklarning inventarizasiyasi jarayonida va boshqa tekshiruvlar natijasida aniqlangan kamomadlarning Filial hisobiga undirilishi, ortiqcha mablagʻlarini kirim qilinishiga erishish yuzasidan mutasaddi xodimlar bilan hamkorlikda monitoring faoliyatini yuritish;

 
·      Kamomadlarga yo‘l qo‘yilishi, pul mablagʻlari va tovar-moddiy qiymatliklarni talon-toroj qilinishining oldini olish tadbirlarida mutasaddi xodimlar bilan faol qatnashish;
·      Asosiy vositalar, pul mablagʻlari, tovar moddiy qimmatliklar Filial hisobiga to‘liq kirim qilinishi, shuningdek, ularning harakati bilan bogʻliq bo‘lgan birlamchi hujjatlarni to‘gʻri yuritilishi va buxgalteriya hisobida o‘z vaqtida aks ettirilishi ustidan ichki auditorlik nazoratini amalga oshirish;
·      Filial gʻaznasida me’yoriy hujjatlarga rioya qilinishi yuzasidan ichki auditorlik tekshiruvlarni amalga oshirish;
·      Tegishli me’yoriy hujjatlar asosida asosiy vositalarni va tez eskiruvchi moddiy qiymatliklarning balansdan chiqarilishi ustidan ichki auditorlik nazoratini amalga oshirish;
·      Byudjet va byudjetdan tashqari mablagʻlarning kommunal xizmatlar va elektr energiyasining sarflanish limitlariga rioya etilishi ustida ish rejasi asosida ichki auditorlik nazoratini olib borish;
·      Filial talabalariga stipendiya to‘lovlarining to‘gʻri berilishini, to‘lanishini va amaldagi me’yoriy hujjatlarga mos ravishda qayta hisob-kitob qilinishi yuzasidan auditorlik tekshiruvini o‘tkazish;
·      Pul mablagʻlari va tovar-moddiy qimmatliklarning kirim-chiqim hujjatlarini yuritishda, mansabdor shaxslar tomonidan noqonuniy xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yilayotganlik holatlari aniqlanganda, tegishli choralar ko‘rish uchun Filialning bosh hisobchisi yoki Filial direktoriga yozma ravishda xabar berish.
Bilishi kerak:
Auditor o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘gʻrisida” gi qonuni, boshqa tegishli qonun va qonunosti hujjatlarini, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buyruqlarini, Filial direktorining buyruqlarini, moliya hamda nazorat taftish tashkilotlarining buxgalteriya hisobini tashkil etish va hisobotlarni tuzish xususida uslubiy, me’yoriy hujjatlarni.
Malaka talablari:
· Filialda buxgalteriya hisobini tashkil etishga oid nizomlar va yo‘riqnomalarni, uni yuritish qoidalarini, jarayonlarini rasmiylashtirish va hisob sohalari bo‘yicha hujjatlar aylanishini tashkil etish tartibini;
· Pul mablagʻlarini tovar moddiy boyliklar hamda boshqa boyliklarni qabul qilib olib, kirim qilish, saqlash va sarf qilish tartibini;
· Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
· Debitorlar va kreditorlar bilan qilinadigan hisob-kitoblar pul mablagʻlarini hisobdan o‘tkazish qoidalarini bilishi zarur.
Auditorlik sertifikatiga ega bo‘lishi kerak